Buronov Firdavsiy Eshburievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Etilenni bug‘ fazada katalitik oksiatsetillab, vinilatsetat olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1921.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida etilenning havo kislorodi bilan sirka kislotasi ishtirokida katalizatorlar yordamida bug‘ fazada o‘zaro oksidlanishli katalitik oksiatsetallanish reaksiyasi uchun yangi tarkibdagi katalizatorlar yaratish hamda etilendan vinilatsetat olish va uning texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etilenni sirka kislotasi va kislorod ishtirokida oksiatsetillash jarayoni uchun qo‘llaniluvchi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan yangi 0,4%Rd+4%Cu+7%CH3COOK/YuKS tarkibli katalizator “zol`-gel`” va shimdirish usullarida olingan;
etilenni oksiatsetillash jarayoni uchun yaratilgan yuqori katalitik faollikka ega bo‘lgan, yangi tarkibli katalizatorning tekstura hamda fizik-kimyoviy xossalari termik, rentgenfazali, elektron-mikroskopik, skanirlovchi elektron mikroskopiya va IQ-spektroskopiya usullarida aniqlangan;
yangi tarkibli katalizator ishtirokidagi etilenni oksiatsetillash jarayonining kinetikasini o‘rganish asosida reaksiyaning kinetik modellari va borish mexanizmi taklif etilgan hamda kinetik modellar tahlili asosida maqbul reaktor turi tanlangan;
differensial reaktor sharoitida yaratilgan katalizator ishtirokida, reaksiyaning kinetik qonuniyatlari va jarayon borishining maqbul sharoiti aniqlanib, olingan natijalar asosida jarayonni ifodalaydigan kinetik tenglamalar tanlangan va ularning adekvatligi baholangan;
etilenning havo kislorodi bilan sirka kislotasi ishtirokida katalizatorlar yordamida bug‘ fazada o‘zaro oksidlanishli katalitik oksiatsetallanish reaksiyasi  natijasida vinilatsetat olishning takomillashtirilgan, kam chiqindili hamda energiya va resurs tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolardan vinilatsetat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan yangi 0,4%Rd+4%Cu+7%CH3COOK/YuKS tarkibli katalizator ishtirokida vinilatsetat olish  texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2021 yil 1 noyabrdagi 974/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tarkibli katalizator ishtirokida sanoatda ishlatiladigan vinilatsetat olish imkonini bergan;
etilenning havo kislorodi bilan sirka kislotasi ishtirokida katalizatorlar yordamida bug‘ fazada o‘zaro oksidlanishli katalitik oksiatsetallanish reaksiyasi natijasida vinilatsetat olish usuli Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2021 yil 1 noyabrdagi 974/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, vinilatsetat olishning takomillashtirilgan, kam chiqindili hamda energiya va resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish imkonini  bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish