Qosimov Diyor Nematullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi tizimli korxonalarda tanda iplarni to‘quvchilikka tayyorlash texnologiyasining tadqiqi” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022.2.PhD/T2916
Ilmiy rahbar: Alimboev Erkin Sharipovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘quvchilikka tanda iplarini tayyorlash jarayonini takomillashtirishning innovatsion texnologiyasini ishlab chiqish asosida chiqindilarni kamaytirish va jarayon samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘quvchilikka iplarni tayyorlashda tandalash va ohorlash jarayonlarini umumlashtirish asosida markazlashgan tanda tayyorlash texnologiyasi yaratilgan va uning texnik ko‘rsatkichlarini xisobga olgan holda jarayondagi ko‘p barabanli mashinalar uchun chiqindilarni hisoblashning umumiy formulasi ishlab chiqilgan;
uzluksiz tanda romi va iplarni yig‘ib turuvchi kompensatordan foydalangan holda jarayonni to‘xtatmasdan to‘quv g‘altagini almashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
paxta tolali iplarni to‘quvchilikka tayyorlashda tanda iplarining tukdorlik ko‘rsatkichlarini ohorlash mashinasining tezligi, ohorlanayotgan tanda iplar soni va ohor mashinasining quritish barabanlarining haroratlariga bog‘liq xolda regression modellari ishlab chiqilgan;
Lagranjni ikkinchi tur tenglamasidan foydanilgan xolda tandalashda iplarni tanda g‘altagiga o‘ralish jarayonini matematik modeli ishlab chiqilgan va uning yordamida o‘ralgan iplarning uzunligi to‘xtash paytidagi o‘ram diametri, ya’ni o‘ram massasi inersiya momentiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byaz` to‘qimasini ishlab chiqarish uchun ohorlab-tandalash texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga qarashli “RIXSILTILLA GAZMOL SERVIS” xususiy to‘quvchilik korxonasi va “Az TEXTILE” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 16 iyuldagi №03/05-2159-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud texnologiyaga nisbatan chiqindilar miqdori 25%ga kamayishi hamda zamonaviy to‘quv dastgohlariga sifatli homashyo tayyorlash imkonini bergan.