JO‘RAEV DONIYoR PAXRIDIN O‘G‘LINING
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gruntli to‘g‘onlarning fazoviy kuchlanganlik holatlari va dinamik tavsiflarini baholash”, 05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”, 01.02.04–“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3006
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor
Sultanov Taxirjon Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Yangiev Asror Abdixamidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor Safarov Ismoil Ibroximovich.
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari va dinamik tavsiflarini baholash uchun fazoviy hisoblash modelini tanlash, tadqiqot usullarini ishlab chiqish, algoritmini yaratish hamda fazoviy va tekis modellar yordamida olingan natijalarni taqqoslash orqali, to‘g‘onlar uchun hisob modelini tanlash bo‘yicha tavsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suv omborlari gruntli to‘g‘onlarining konstruktiv bir jinssizligini hisobga olgan holda turli kuchlar ta’sirida inshootlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari va mustahkamligini baholashning tekis va fazoviy matematik modellari takomillashtirilib, Abaqus CAE dasturiy ta’minotida hisoblash usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
konstruktiv tuzilishi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi uchta gruntli to‘g‘onning kuchlanganlik deformatsiya holatlari va mustahkamligini inshootlarning xususiy og‘irligi va suv omboridagi suvning gidrostatik bosimini hisobga olgan holda tekis va fazoviy modellar yordamida baholangan;
gruntli to‘g‘onlarnng kuchlanganlik deformatsiya holatlari va mustahkamligini baholashda ularning konstruktiv tuzilishi va geometrik o‘lchamlariga ko‘ra tekis yoki fazoviy modelda hisoblashning maqbul varianti taklif etilgan;
gruntli to‘g‘onlarning bo‘ylama va ko‘ndalang kesmlari o‘lchamlariga ko‘ra to‘g‘onning bo‘ylama uzunliklarining o‘rtacha qiymati ni balandligi H ga nisbati bo‘lganda fazoviy model` asosida, bo‘lganda esa tekis modeldan ham foydalanish mumkinligi asoslandi;
fazoviy model` yordamida har xil to‘g‘onlar uchun dinamik xarakteristikalar olinib, energetik nazariya yordamida to‘g‘onning mustahkamligi past joylari aniqlangan;
fazoviy model yordamida to‘g‘onlarning kuchlanganlik holatini xajmiy kuchlar ta`siriga baholashda to‘g‘on tanasining ba’zi joylarida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan cho‘zilish deformatsiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gruntli to‘g‘onlarning fazoviy kuchlanganlik holatlari va dinamik tavsiflarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiyalanish holatlarini baholashning hisoblash usuli “Hisorak GES" unitar korxonasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi (GE11666258) ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari, mustahkamligini baholash imkoniyati yaratilgan;
gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik holatlarini baholashning matematik modeli, hisoblash usuli "Qashqadaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi"da joriy etilgan Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi (GE11666258) ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholash imkonini beradi;
gruntli to‘g‘onlarning xususiy tebranish chastotalari va tebranish shakllari aniqlash bo‘yicha taklif qilingan matematik model`, hisoblash usuli «Gidroproekt» aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi (GE11666258) ma’lumotnomasi). Natijada, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari, mustahkamligini baholash imkoniyati yaratilgan.