Xolmirzaev Ulug‘bek Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy aktivlar hisobi va tahlilini takomillashtirish”, 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1245.
Ilmiy rahbar: Xakimov Bunyodjon Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abdullaev Abdurauf, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korxonalarda moliyaviy aktivlar hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy aktivlarni MHXSlari mezonlari asosida hamda iqtisodiy naflilik tasnifi bo‘yicha moliyaviy hisobotda aks ettirish uslubiyoti ishlab chiqilgan;
pul mablag‘larini erkin va cheklangan tavsifi bo‘yicha va  qimmatli qog‘ozlarni analitik hisobini kategoriyalarga ajratib yuritishni hisobga oluvchi ishchi schyotlar asosida moliyaviy aktivlarni moliyaviy hisobotda aks ettirishning takomillashgan tartibi asoslangan;
pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning erkin va cheklangan tavsifiga hamda debitor qarzlarni savdo va nosavdo tavsifiga ko‘ra tahlil qilishning takomillashgan uslubiyoti ishlab chiqilgan;
noodatiy, xususan pandemiya sharoitida kichik korxonalarda daromadni tan olish yo‘nalishida kassa usuliga asoslangan hisob yuritishda pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ichki hisobot shakli hamda mazkur hisobotning tahlil qilishni vaziyatli yondashuv usuli asosida amalga oshirishning uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy aktivlar hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
moliyaviy aktivlarni boshqa aktivlardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlarning asoslovchi mezonlarni belgilab berilganligi, moliyaviy aktivlarni naf kutilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tasnif qilish tartibi ishlab chiqilganligi, moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etish va yuritish hamda hisoboti tizimda uslubiy o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur bo‘lgan bo‘g‘inlar ko‘rsatib berilgan uslubiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Yog‘-moy sanoati” korxonalari uyushmasi (O‘zbekiston Respublikasi “Yog‘-moy sanoati” korxonalari uyushmasining 2021 yil 23 dekabrdagi Ks/7-5-1146-son ma’lumotnomasi) va “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ (Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi umumiy yig‘ilishi 17-son bayonnomasi) hamda “Elegancia art textile” MChJ (“Elegancia art textile” MChJning 2021 yil 25 iyun`, 5-son bayonnoma) tomonidan qabul qilingan. Taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida moliyaviy aktivlarni boshqa aktivlardan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlarning asoslovchi mezonlar asosida moliyaviy aktivlar boshqa turdagi aktivlardan aniq mezonlar bo‘yicha ajratib olishga erishilgan, shuningdek korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qaror bilan tasdiqlangan “Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha” Yo‘l xaritasi 2-bandi 1-punktida belgilangan vazifalarning tadqiqot mavzusiga aloqador  tomonlari bajarilishiga erishilgan;
5600-Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning yangi tarkibi hamda ularda axborotlarni aks ettirishga asos bo‘ladigan mezonlarni tizimlashtirilgan tartibi hamda 5810-“Qimmatli qog‘ozlar” schyotlari bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish va yuritishni qimmatli qog‘ozlarni kategoriyasi va boshqa zarur belgilariga ko‘ra olib borish uslubi, muvofiq ravishda milliy hisob tizimidagi uzoq va qisqa muddatli investisiyalarga oid moliyaviy natijalarni tegishli ob’ektlarda to‘g‘ri aks ettirish masalasiga tegishli bo‘lgan: materiallashgan (tan olingan) daromad va xarajatlar natijasi (sof foyda yoki zarar), shuningdek materiallashmagan (tan olinmagan) daromad va xarajatlar va ularning  natijasi (sof foyda yoki zarar)  hisobi hamda ularni hisobotda aks ettirishlar bo‘yicha amaliy taklif O‘zbekiston Respublikasi “Yog‘-moy sanoati” korxonalari uyushmasi (O‘zbekiston Respublikasi “Yog‘-moy sanoati” korxonalari uyushmasining 2021 yil 23 dekabrdagi Ks/7-5-1146-son ma’lumotnomasi) va “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ (Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi umumiy yig‘ilishi 17-son bayonnomasi) qabul qilingan.  Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida pul ekvalentlari schyotida hisobga olinadigan muomala turlari joriy moliyaviy aktivlarning boshqa turlarida hisobga olinadigan muomala turlaridan aniq mezonlar asosida farqlab berilgan; 
buxgalteriya balansida pul mablag‘lari to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirishning cheklangan va cheklanmagan tavsifga asoslangan hamda joriy olishga tegishli schyotlarning savdo va nosavdo tavsifiga ajratib aks ettirishni yangi tartiblari va tahlil etish usullari to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Yog‘-moy sanoati” korxonalari uyushmasi (O‘zbekiston Respublikasi “Yog‘-moy sanoati” korxonalari uyushmasining 2021 yil 23 dekabrdagi № Ks/7-5-1146 ma’lumotnomasi) va “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ (Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi umumiy yig‘ilishi 17-son bayonnomasi) hamda “Elegancia art textile” MChJ (“Elegancia art textile” MChJning 2021 yil 25 iyun`, 5-son bayonnoma) tomonidan qabul qilingan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yangi uslub tashqi axborotdan foydalanuvchilarga pul mablag‘lari hamda olishga tegishli schyotlar bo‘yicha zarur, sifatli va ahamiyati ko‘p ma’lumotlarni ko‘proq olish imkoniyatini bergan, shuningdek korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qaror bilan tasdiqlangan “Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha” Yo‘l xaritasi 4-bandi 3-punktida belgilangan vazifalarning tegishli qismlari bajarilgan;
pandemiya sharoitida pul mablag‘lari kirimi hamda chiqimi asosida  kichik korxonalar faoliyatini boshqarish vositalaridan biri hisoblangan “Kichik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari harakati va holatini shakllantirib beruvchi ichki hisob modeli” ishlab chiqildi va taklif etildi. Ushbu taklif “Ark mebel plyus” MChJ (“Ark mebel plyus” MChJning 2021 yil 30 iyuldagi umumiy yig‘ilishida, 7-son bayonnoma) muhokama qilingan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kichik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari harakati va holatini shakllantirib beruvchi ichki hisob modeli korxonadagi mavjud pul mablag‘lari hamda ularning kirimi asosida pul mablag‘lari chiqimini yo‘lga qo‘yib, shu mutonosiblik asosnosida biznes faoliyati uzluksizligini ta’minlashga erishish, boshqaruv hisobi va tahlili shaklida olib borish imkonini bergan hamda modeldan foydalanish pandemiya sharoitida kichik korxonalar biznes faoliyatini uzluksiz olib borishni ta’minlashda muhim vosita bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish