Utegenov Quanishbay Djadigerovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing munosabatlarini takomillashtirish», 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3 Ph.D/Iqt 1093.
Ilmiy rahbar: Dusmuratov G‘aniybay Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam: Qoraqalpoq davlat universiteti, RhD. 03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xojalepesov Polat Zinatdinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sherikchiligi asosida qishloq xo‘jaligida lizing munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan lizing munosabatlarining barqarorligini ifodalovchi korxonalar moliyaviy holati hamda lizing to‘lovlarini amalga oshirish riskini baholash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish (kix ≈ 0,2), yangi texnikadan foydalanish samaradorligini oshirish (kichu ≈ 0,15 – 0,2)ning me’yoriy chegaralari asoslangan;
qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida davlatning zimmasidagi vazifalarni kamaytirish uchun davlat-xususiy sherikligi asosida agroxizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
agrosanoat majmuasini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni tatbiq qilishda yuqori qiymatli va innovatsion tavsifdagi texnik vositalar ro‘yxatiga kiritilgan ishlab chiqarish vositalarini davlat-xususiy sherikligiga asoslangan lizing tizimi orqali etkazib berish taklif etilgan;
davlat ta’sischiligidagi muassasalar (lizing va sug‘urta kompaniyalari, tijorat banklari, DXShni rivojlantirish agentligi va b.) faoliyatidagi lizing munosabatlariga oid iqtisodiy dastaklarni muvofiqlashtirish orqali qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing jarayoni ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik asosida lizing munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan lizing munosabatlarining barqarorligini ifodalovchi korxonalar moliyaviy holati hamda lizing to‘lovlarini amalga oshirish riskini baholash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish (kix ≈ 0,2), yangi texnikadan foydalanish samaradorligini oshirish (kichu ≈ 0,15 – 0,2)ning me’yoriy chegaralaridan foydalanish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing munosabatlari amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 01/016-163-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida eng samarali ishlaydigan texnikalarni tanlash orqali ishlab chiqarish xarajatlari sarfini 20 foizgacha qisqartirish, yangi texnikadan foydalanish ishlab chiqarish unumdorligini 15-20 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida davlatning zimmasidagi vazifalarni kamaytirish uchun davlat-xususiy sherikligi asosida agroxizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing munosabatlari amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 01/016-163-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida lizingga olingan texnikalardan foydalanish natijasida ishlab chiqarishning rentabellik darajasini 20-25 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
agrosanoat majmuasini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni tatbiq qilishda yuqori qiymatli va innovatsion tavsifdagi texnik vositalar ro‘yxatiga kiritilgan ishlab chiqarish vositalarini davlat-xususiy sherikligiga asoslangan lizing tizimi orqali etkazib berish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing munosabatlari amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 01/016-163-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida lizingga texnika olgan fermer xo‘jaliklari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
davlat ta’sischiligidagi muassasalar (lizing va sug‘urta kompaniyalari, tijorat banklari, DXShni rivojlantirish agentligi va b.) faoliyatidagi lizing munosabatlariga oid iqtisodiy dastaklarni muvofiqlashtirish orqali qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing jarayoni ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi asosida lizing munosabatlari amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 01/016-163-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligida lizing munosabatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.