Saipova Maloxat Latipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagog shaxsida makiavellizmga moyillikni diagnostika va korreksiya qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini takomillashtirish», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi15.
Ilmiy rahbar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar:Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tuychieva Saodat Meliquzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent islom universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagog shaxsida makiavellizmga moyillikni diagnostika va korreksiya qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik muloqotda makiavellizm alomatlari (qat’iyatlilik, jasurlik, dominantlikka intilish, xudbinlik, hissiy befarqlik) namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, bu jarayonning qonuniyatlarini belgilab beruvchi ob’ektiv (pedagogik staj, jins bilan bog‘liq) va sub’ektiv (shaxs sifatida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ehtiyoji, pedagogik faoliyat natijalariga ustanovka bilan bog‘liq) omillari aniqlangan;
shaxsda makiavellizm darajasini aniqlash uchun xizmat qiluvchi metodika (Machiavellianism Scale Mach-IV) milliy sharoitda qo‘llash uchun zarur psixometriya tadbirlari asosida moslashtirilgan hamda qanday manipulyativ ta’sir usullaridan foydalanishga moyillik mavjudligini tashxis qilishga mo‘ljallangan psixodiagnostika vositasi taklif etilgan;
pedagog mutaxassisning kasbiy faoliyatni loyihalash va unda o‘zini monitoring qilishda qanday ustuvor yo‘nalishga (didaktik va psixologik soha) yo‘nalganlik darajasini aniq miqdoriy ko‘rsatkichlarda farqlashga yordam beruvchi psixodiagnostika metodikasi ishlab chiqilgan;
pedagog shaxsida makiavellizmga moyillik psixokorreksiyasi va psixoprofilaktikasi dasturiy asosi sifatida xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ishlanmalardan iborat trening dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagog shaxsida makiavellizmga moyillikning diagnostikasi va korreksiyasining ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik muloqotda aniqlangan makiavellizm alomatlarining namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar yuzasidan olingan ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazida amaliyotga joriy qilingan (TDPU Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2018 yil 8 fevraldagi 02-07-364/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning joriy qilinishi ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi psixologlarga psixologik xizmat ko‘rsatishning nazariy va amaliy-uslubiy sifatini oshirish imkonini bergan;
shaxsda makiavellizm darajasini aniqlash uchun xizmat qiluvchi metodika (Machiavellianism Scale Mach-IV) milliy sharoitda qo‘llash uchun zarur psixometriya tadbirlari asosida moslashtirilgan hamda qanday manipulyativ ta’sir usullaridan foydalanishga moyillik mavjudligini tashxis qilishga mo‘ljallangan psixodiagnostika vositasi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (RBIMM) faoliyatiga joriy qilingan (RBIMMning 2018 yil 31 yanvardagi 06/46-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog-mutaxassislarni maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan bevosita ishlashga yo‘llashdan avval ularning individual sifatlarini aniqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagog mutaxassisning kasbiy faoliyatni loyihalash va unda o‘zini monitoring qilishda qanday ustuvor yo‘nalishga (didaktik va psixologik soha) yo‘nalganlik darajasini aniq miqdoriy ko‘rsatkichlarda farqlashga yordam beruvchi psixodiagnostika metodikasi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (RBIMM) faoliyatida qo‘llanilgan (RBIMMning 2018 yil 31 yanvardagi 06/46-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy qilinishi amaliyotchi psixolog-mutaxassislarning kasbiy salohiyati hamda kasbga psixologik tayyorlik darajasini baholash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
pedagog shaxsida makiavellizmga moyillik psixokorreksiyasi va psixoprofilaktikasi dasturiy asosi sifatida xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ishlanmalardan iborat trening dasturi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tizimiga joriy qilingan (TDPU Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2018 yil 8 fevraldagi 02-07-364/04-son va Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-02/2-2-46-son ma’lumotnomalari). Mazkur trening dasturining joriy qilinishi amaliy mashq va topshiriqlarning samarali tizim asosida umumta’lim maktablari pedagoglari hamda ta’lim tizimi amaliy psixologlari kursining tinglovchilari bilan o‘tkaziladigan korreksion-rivojlantiruvchi ishlar sifatini yanada oshirishga imkon bergan.