Asatov Sunnatullo Ne’matilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Molibden tuzlari va ulardan maxsulotlar olishning samarali texnologiyasini ishlab chikish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3004.
Ilmiy rahbar: Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori; Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari buyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molibden tuzlari va ulardan mahsulotlar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
STN-1,6 tipidagi maqsadli pechlarda MCh markali molibden kukunlarini olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
MCh markali molibden kukunlarini olish uchun STN-1,6 tipidagi maqsadli pechlarda vodorod bilan qaytarishning 1 va 2-bosqichlardagi texnologik rejimlari aniqlangan;
MS markasidagi molibdenning xrom qotishmasi bilan qo‘shimcha qotirilishi toblangan holatda mexanik xususiyatlari yaxshilangan, diametri 0,150-0,060 mm bo‘lgan molibden simini oshirishga va barqarorlashtirishga imkon berishi aniqlangan;
“OKMK» AJ QQ va NM IIChB eritish va prokat sexida molibden simining mexanik xususiyatlarini oshirish va barqarorlashtirishga imkon beradigan optimal parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Molibden tuzlari va ulardan maxsulotlar olishning samarali texnologiyasini ishlab chikish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrostatik presslash yo‘li bilan yirik o‘lchamdagi metall-keramika molibdenli shtabiklarini olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ «Noyob metallar va qattiq qotishmalar» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 24 avgustdagi AA-006431-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik o‘lchamdagi metall-keramika molibdenli shtabiklarini ishlab chiqarishni 80-85,0% oshirish imkonini bergan;
molibden ishlab chiqarishni gidrostatik presslashning optimal rejimlari “Olmaliq KMK” AJ «Noyob metallar va qattiq qotishmalar» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 24 avgustdagi AA-006431-son ma’lumotnomasi). Natijada, STN-1,6 pechlarida o‘rtacha diametri 6-7,5 mkm bo‘lgan MoO2 donalarini olish imkonini bergan;
xrom qotishmasini 0,25% qo‘shish orqali yuqori zichlikdagi va fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan yuqori sifatli molibden simlarini olish usuli “Olmaliq KMK” AJ «Noyob metallar va qattiq qotishmalar» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 24 avgustdagi AA-006431-son ma’lumotnomasi). Natijada, solishtirma sirt yuzasi 0,155 m2, zichligi 25,12 g/dyuym3 bo‘lgan molibden simlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish