Kurbonov Yoqubjon Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasining yiringli nekrotik jarayonlarini klinik-genetik xususiyatlari», 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1260.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Sel`skiy Natan Evseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Dusmuxamedov Maxmud Zakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologik universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasining yiringli nekrotik jarayonlarini klinik-genetik xususiyatlarini urganish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik asoratlarining yuzni o‘rta va yuqori 1/3 qismida keng tarqalganlik darajasi isbotlangan;
COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar yuzidagi yiringli-nekrotik jarohatlar, yuz-jag‘, burun shilliq qavati va burun yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavatidagi morfologik xususiyatlaridan mukormikoz, Candida albicans, dimorfli (mukormikoz+kandidoz) mikotik shikastlanishlar bilan uchrashi isbotlangan;
COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik asoratlarining og‘ir turida jarayonning uzoq vaqt kechishi sabablari klinik-laborator hamda radiologik (MSKT) tahlillar yordamida asoslangan;
ilk bor MTHFR genida 677C>T rs1801133 T/T polimorfizmi va MTR genida 66A>G rs1801394 C/C polimorfizm monogenotipi tashuvchilarida COVID-19dan keyin yuz-jag‘ sohasida asoratlar rivojlanishining nisbiy xavfi 6 marotaba oshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik jarayonlarining kechishida o‘tkazilgan klinik hamda genetik tahlillar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik asoratlarning gistologik turlarini tashxislash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi mukormikoz asoratlari morfologik ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/158-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik jarayonlari bilan xastalangan bemorlarda kasallikni tashxislash, bemorlarni kuzatish orqali bemorlarning xastalik tufayli asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik asoratlarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi MTHFR rs1801133, MTHFR rs1801131, MTR rs1805087 va MTR rs1801394 genlarida o‘tkazilgan molekulyar-genetik usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi asoratlarini genetik tashxislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 8n-r/160-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma genetik izlanishlarda genotipik noxush allellarni inobatga olgan holda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik jarayonlarini rivojlanishi va kechishida genetik omillarning rolini aniqlash va prognozlashda ushbu tahlil samaradorligini oshirish imkonini bergan;
COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik asoratlarni tashxislash, davolash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi otorinoloringologiya bo‘limi, Respublika patologik anatomiya markazi va 7-shahar klinik shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 martdagi 8n-d/124–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi COVID-19dan keyingi yuz-jag‘ sohasi yiringli-nekrotik asoratlar bilan xastlangan bemorlarda tashxislash samaradorligini oshirish, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, davolash profilaktik yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini 35%ga yaxshilash, ijobiy davolash samaradorligini oshirish va prognozlash xamda shu orkali ushbu xastalikni kaytalanishini kamaytirish imkonini bergan.