Alimxanova Sevaraxon Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi xomashyo asosida noto‘qima qatlamli polimer materiallarni olish texnologiyasini takomillashtirish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (kimyo fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/2696.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Nodir Baxodirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik va tikuv korxonalari texnologik chiqindilaridan tiklangan tolali ikkilamchi xomashyo asosida noto‘qima qatlamli polimer materiallarni olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik va tikuv korxonalari texnologik chiqindilaridan tiklangan tolali xomashyo, etilen-vinilatsetat to‘rsimon elim parda, to‘rsimon poliefir trikotaj asosida kimyoviy elimlash usuli bilan noto‘qima qatlamli polimer materiallar yaratilgan;
ikkilamchi sellyuloza tolalari, etilen-viniatsetat sopolimeri, poliefir tolalarning o‘zaro ta’sirlashuvi ikki bosqichda, 140-180oC da adgezion ta’sirlashuv, 195-262oC da kimyoviy ta’sirlashuv sodir bo‘lishligi aniqlangan;
ikkilamchi tolali xomashyo yoki dag‘al tuya va qo‘y junining yo‘naltirilgan qatlami, polimer elim singdirilgan poliefir-paxta to‘quv-trikotaj mato asosida kimyoviy elimlash usuli noto‘qima qatlamli material olingan;
ikkilamchi tolali xomashyo asosida kimyoviy elimlash usuli bilan olingan noto‘qima qatlamli materialga termik ishlov berish vaqtida sodir bo‘ladigan qayta efirlanish reaksiyasi uning gigienik xossalariga ta’sir etmagani holda mexanik mustaxkamligini sezilarli oshirishligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikkilamchi xomashyo asosida noto‘qima qatlamli polimer materiallarni olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik chiqindilaridan tiklangan ikkilamchi tolali xomashyo asosida kimyoviy elimlash usuli bilan olingan noto‘qima mato pal`to va kostyumlarda shakl saqlovchi va issiq saqlovchi astarlik sifatida “REAL TEX” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 1 iyuldagi 03/25-2042-son ma’lumotnomasi). Natijada, astarlik uchun noto‘qima mato tikuv va to‘quv korxonalari chiqindilaridan tayyorlanganligi sababli mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini bergan;
tuya juni, etilen-vinilatsetat elim singdirilgan poliefir-paxta to‘rsimon mato asosida olingan noto‘qima material tibbiy-profilaktik belbog‘ning issiq saqlovchi elementi sifatida “IDEAL” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 1 iyuldagi 03/25-2042-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy tolalardan tayyorlangan, ekologik havfsiz, yuqori issiq saqlovchilik hususiyatiga ega bo‘lgan tibbiy-profilaktik belbog‘ ishlab chiqarish imkonini bergan.