Xabibullaev Amet Jandullaevichning
falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yoqilg‘i omborlarida yong‘in va portlash xavfini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi
dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1248.
ilmiy rahbar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abduqodirovich – kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Ravshan Israilovich – texnika fanlari doktori, professor, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori; Lityaga Artem Valer`evich - t.f.f.d. (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi neft omborlarini yong‘in va portlash xavfini kamaytirishning samarali tadbirlarini ishlab chiqib, neft mahsulotlarining yonishini analitik va amaliy hisoblash usullarini yaratib, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va neft omborlaridagi yong‘in va portlashda odamlarning halok bo‘lishini va moddiy zararni kamaytirish uchun o‘z vaqtida lokalizatsiya tadbirini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
neft mahsulotlari bug‘larini yupqa devorli kondensatorlar yordamida samarali ushlab qolish texnologiyasi ishlab chiqillgan bo‘lib, unga asosan, rezervuarlardagi yong‘in va portlash xavfini kamaytirish samaradorligini oshirish uchun maxsus moslamaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlarining takomillashtirilgan konstruksiyasi neftmahsulotini quyish va to‘kish jarayonidagi avariya va portlash holatlari oldini olish samaradorligini 10-15 % gacha oshirib berish imkoniyati mavjud ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuar tubini olovbardosh rezina-tenti bilan qoplash va rezervuarning ostigi qismidagi qattiq tuproqni qum massasiga almashtirish evaziga, harorat o‘zgarishi bilan deformatsion jarayonlarni bartaraf etish samaradorligi 30-35% gacha texnologik usullarining yaxshilashi mumkinligi aniqlangan;
yangi taklif etilayotgan “XAJ” rusumli polimer bilan qoplash orqali statsionar va mobil` shakllari rezervuar konstruksiyalarining olovbardoshligi 10-15% gacha yaxshilangan, neft omborlari avariyasida yuzaga keladigan moddiy zararni kamaytirish uchun ishlatiladigan yong‘inga qarshi himoya to‘sig‘i orqali bartaraf etish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoqilg‘i omborlarida yong‘in va portlash xavfini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
neft omborlarida portlashlar va yong‘inlar xavfini kamaytirish uchun yong‘inga chidamli olovbardosh takomillashtirilgan himoya to‘sig‘i yaratildi va “Taxiyatosh NB” AJ ning yonilg‘i ombor xo‘jaligida olib borilgan sanoat tajriba sinovlari ishlanmani amaliy ahamiyati yuqoriligini ko‘rsatdi (“Taxiyatosh NB” AJning 2021 yil 9 iyundagi joriy qilingan ma’lumotnomasi).
O‘zbekiston Respublikasi FVB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (Qoraqalpoqston Respublikasi FVV ning 2021 yil 22 fevraldagi 12/1/10-457-sonli ma’lumotnomasi). Natijada neft omborlarida portlashlar va yong‘inlar xavfini kamaytirish uchun rezervuarlar va yong‘inga chidamli olovbardosh takomillashtirilgan konstruksiyasi qo‘llanilishi bo‘yicha samaradorlikga erishilgan.