Ashurova Muxayo Axtamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Uy-joyga nisbatan mulk huquqini mazmuni va amalga oshirilishi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu732.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Esanova Zamira Normurodovna, yuridik fanlar doktori, professor; Ashurova Nargiza A’zamovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joyga nisbatan mulk huquqini mazmuni va amalga oshirilishi bog‘liq munosabatlarni, mazkur sohadagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy fondini boshqarish shartnomasining fuqarolik huquqiy tabiatidan kelib chiqib, ushbu shartnoma taraflari sifatida “uy-joy fondini boshqaruvchi tashkilot” va “uy-joy mulkdori yoki shirkat” bo‘lishi lozimligi asoslantirilgan;
ko‘p kvartirali uydagi “turli xildagi konstruksiyalar va texnik xizmat ko‘rsatish qurilmalari, sanitariya uskunalari” mulkdorlarning umumiy mol-mulki tarkibiga kirishi asoslab berilgan;
ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdori tomonidan tuzilishi mumkin bo‘lgan fuqarolik-huquqiy shartnomalarning alohida turlari hamda ushbu joydan foydalanishni boshqa shaxslarga berishiga oid uning huquqlari doirasi asoslantirilgan;
sobiq mulkdor va uning oila a’zolarining sotilgan turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanish vaqti shartnomada belgilanishi, agar shartnomada belgilangan bo‘lmasa shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran bu huquq yo‘qotilgan deb e’tirof etilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joyga nisbatan mulk huquqini amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
uy-joy fondini boshqarish shartnomasining fuqarolik huquqiy tabiatidan kelib chiqib, ushbu shartnoma taraflari sifatida “uy-joy fondini boshqaruvchi tashkilot” va “uy-joy mulkdori yoki shirkat” bo‘lishi haqidagi taklif 2019 yil 14 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-584-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 17 noyabrdagi 04/4-4039-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ko‘p kvartirali uylardagi kvartira va joy egalarining huquqlarini amalga oshirishning shartnomaviy tizimini mustahkamlashga xizmat qilgan;
ko‘p kvartirali uydagi “turli xildagi konstruksiyalar va texnik xizmat ko‘rsatish qurilmalari, sanitariya uskunalari” mulkdorlarning umumiy mol-mulki tarkibiga kirishiga oid taklif 2019 yil 14 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-584-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ning 2021 yil 17 noyabrdagi 04/4-4039-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mulk tarkibiga kiruvchi ob’ektlarning ro‘yxatini shakllantirish va ular belgilash mezonlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdori tomonidan tuzilishi mumkin bo‘lgan fuqarolik-huquqiy shartnomalarning alohida turlari hamda ushbu joydan foydalanishni boshqa shaxslarga berishiga oid uning huquqlari doirasiga oid taklif 2019 yil 14 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-584-son Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ning 2021 yil 17 noyabrdagi 04/4-4039-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ko‘p kvartirali uydagi joy egalarining mulki huquqini amalga oshirishning ashyoviy-huquqiy va shartnomaviy-huquqiy tartibotini belgilash orqali yangi mexanizmlarni joriy etish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan.
sobiq mulkdor va uning oila a’zolari uy-joyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan begonalashtirganda, shartnomada ko‘rsatilgan kundan, agar shartnomada ularning ro‘yxatdan chiqish muddati kelishilmagan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021 yil 20 apreldagi 17-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 18 noyabrdagi 16-son dalolatnomasi). Ushbu taklif uy-joy mulkdorining huquqlarini ta’minlashning samarali mexanizmini joriy etilishiga xizmat qilgan.