Sattarova Shaxnozaxon Qo‘chqarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak pedagoglarda pozitiv tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P196.
Ilmiy rahbar: Raximova Indira Igorevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Melibaeva Ruzaxon Nasirovna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.                                                                         
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda pozitiv tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarda pozitiv tafakkurning ifodalanishi chidamlilik va refleksivlik xususiyatlarni intensiv rivojlanish darajasini konativ sohaga ko‘chishi orqali diferensial dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy shakllanishida kommunikativ, intellektual, hissiy-irodaviy, muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining rivojlantirish muhimligiga asoslanib, pozitiv tafakkur ustuvor xususiyat ekanligi isbotlangan;
oliy o‘quv yurtlari pedagoglari pozitiv tafakkurining namoyon bo‘lishiga xissiyotning ta’sir natijasida shaxslararo munosabatlarda boshqalarga va «Men»ga nisbatan tolerantlikni, o‘zgalarga hayrixoxlik xislarini irodaviy sifatlar bilan integrativ shakllanishi hissiy tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmi ekanligi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarda pozitiv tafakkurni shakllantirish uchun padagogik persepsiya, boshqalarni ijobiy hissiy qabul qilish, ijtimoiy va emotsional intellektni tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra «Bo‘lajak pedagog pozitiv tafakkurini rivojlantirish» mualliflik ijtimoiy-psixologik trening dasturini kiritish samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda pozitiv tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini  o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarda pozitiv tafakkurning ifodalanishi chidamlilik va refleksivlik xususiyatlarni intensiv rivojlanish darajasini konativ sohaga ko‘chishi orqali diferensial dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  11 iyuldagi PM 6v-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  11 iyuldagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan bo‘lajak pedagog psixologlarning pozitiv tafakkurini tadqiq etishning nazariy- uslubiy tahlili va zamonaviy tushunchasining mohiyati ochib berildi hamda pozitiv pedagogning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy shakllanishida kommunikativ, intellektual, hissiy-irodaviy, muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining rivojlantirish muhimligiga asoslanib, pozitiv tafakkur ustuvor xususiyat ekanligi isbotlangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 11 iyuldagi PM 6v-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Kasb psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  11 iyuldagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada,  har tomonlama etuk, pozitiv xarakterga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashda,  bo‘lajak pedagogning kasbiy rivojlanish jarayonida, pozitiv tafakkurni o‘rni va ahamiyatining rivojlanishidagi  tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
oliy o‘quv yurtlari pedagoglari pozitiv tafakkurining namoyon bo‘lishiga xissiyotning ta’sir natijasida shaxslararo munosabatlarda boshqalarga va «Men»ga nisbatan tolerantlikni, o‘zgalarga hayrixoxlik xislarini irodaviy sifatlar bilan integrativ shakllanishi hissiy tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmi ekanligi dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 11 iyuldagi PM 6v-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  11 iyuldagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixolog va pedagog kadrlarning pozitiv tafakkurini shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan; 
bo‘lajak pedagoglarda pozitiv tafakkurni shakllantirish uchun padagogik persepsiya, boshqalarni ijobiy hissiy qabul qilish, ijtimoiy va emotsional intellektni tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra «Bo‘lajak pedagog pozitiv tafakkurini rivojlantirish» mualliflik ijtimoiy-psixologik trening dasturini kiritish samarali ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 11 iyuldagi PM 6v-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologik trening» moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil  11 iyuldagi PM 6v-son ma’lumotnomasi). Natijada,  talabalarda dialogik vaziyatni yaratadi, o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini rivojlantirishning faol shakllarini qo‘llab-quvvatlash va tashabbus tufayli ta’lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik salohiyatini amalga oshirish yuz beradi hamda ta’lim muassasalari talabalarida pozitiv tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha psixologik malaka ishlari kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish