Dosumxodjaev Farux Abdirazakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Vaziyatli yondashuv asosida bo‘lajak xuquqshunoslarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2680.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamurov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vaziyatli yondashuv asosida bo‘lajak xuquqshunoslarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak huquqshunoslarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ajdodlarimiz merosiga yangicha ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’no-mazmun, madaniy-ma’naviy taraqqiyot, umuminsoniy tuyg‘u va ma’naviy qadriyatlardan iborat tarkibiy qismlarni bosqichma-bosqich tizimlashtirish hamda hayotiy vaziyatlarni faoliyat va imkoniyat birligiga imitatsiyalash asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash soxasi mutaxassislarini tayyorlashning pedagogik omillari ekstremal vaziyatlarda vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon etish, o‘zgaruvchan holatlarda professional faoliyati natijalarini tezkor hamda adekvat baholash kompetentligi uyg‘unligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonini tashkiliy-pedagogik modeli ta’lim jarayoni elementlari, funksiyalari maqsadli, mazmunli, jarayonli, nazorat va diagnostika funksiyalarini bog‘liqligini yaxlit jarayon sifatida belgilash hamda kasbiy faoliyatdagi vatanparvarlik munosabati, amaliy-hissiy, vaziyatni anglash va baholash tarkibiy qismlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak huquqshunoslarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlanganlik darajasini belgilovchi indikatorlar yoshlarning ijtimoiy salohiyatini bosqichma-bosqich ta’minlash, ijtimoiy-madaniy va hayotiy tajribalarni mazmunan optimallashtirish hamda yangi tasavvurlarni hosil qilish imkonini beruvchi sub’ektiv muammolarni hissiy tushunish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. vaziyatli yondashuv asosida bo‘lajak xuquqshunoslarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak huquqshunoslarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ajdodlarimiz merosiga yangicha ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’no-mazmun, madaniy-ma’naviy taraqqiyot, umuminsoniy tuyg‘u va ma’naviy qadriyatlardan iborat tarkibiy qismlarni bosqichma-bosqich tizimlashtirish hamda hayotiy vaziyatlarni faoliyat va imkoniyat birligiga imitatsiyalash asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3934/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak huquqshunoslarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning mavjud holatini pedagogik, psixologik tahlil etish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash soxasi mutaxassislarini tayyorlashning pedagogik omillari ekstremal vaziyatlarda vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon etish, o‘zgaruvchan holatlarda professional faoliyati natijalarini tezkor hamda adekvat baholash kompetentligi uyg‘unligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizasiyalash va unifikasiyalash parametrlari” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3934/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassislarini tayyorlashda vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning pedagogik indikatorlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
kasbiy-shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonini tashkiliy-pedagogik modeli ta’lim jarayoni elementlari, funksiyalari maqsadli, mazmunli, jarayonli, nazorat va diagnostika funksiyalarini bog‘liqligini yaxlit jarayon sifatida belgilash hamda kasbiy faoliyatdagi vatanparvarlik munosabati, amaliy-hissiy, vaziyatni anglash va baholash tarkibiy qismlarini kiritish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Harbiy xizmat tayyorgarligi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazrligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i asosida berilgan 500-916-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada vaziyatli yondashuv asosida bo‘lajak huquqshunoslarda vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilishga oid kasbiy-shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonining tashkiliy-pedagogik modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak huquqshunoslarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlanganlik darajasini belgilovchi indikatorlar yoshlarning ijtimoiy salohiyatini bosqichma-bosqich ta’minlash, ijtimoiy-madaniy va hayotiy tajribalarni mazmunan optimallashtirish hamda yangi tasavvurlarni hosil qilish imkonini beruvchi sub’ektiv muammolarni hissiy tushunish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Otish tayyorgarligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-130 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassislarining vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishda vaziyatli yondashuvning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.