Yuldasheva Feruzaxon Imomali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining pedagogik kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1 PhD /Ped3070.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori professor, Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot Jizzax davlat pedagogika universiteti,
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining pedagogik kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining pedagogik kasbiy kompetentligi refleksiv munosabatlar natijadorligi, axborot-konstruktiv texnologiyalar hamda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik infratuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga integrallashgan harakatlar majmuai bilan ijodiy refleksivlik hamda pedagogik jarayonlarning adaptivligiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik kasbiy kompetentligi ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik kasbiy kompetentligi o‘z-o‘zini rivojlantirish, malaka va mahoratini takomillashtirish hamda istiqbolli didaktik vazifalarga mos amaliy harakatlarni tashkil etishga doir pedagogik relaksatsiyani yuzaga keltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining pedagogik kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining pedagogik kasbiy kompetentligi refleksiv munosabatlar natijadorligi, axborot-konstruktiv texnologiyalar hamda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishning didaktik infratuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-253 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning individual yondashuv asosida pedagogik kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
talabalarning pedagogik kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga integrallashgan harakatlar tizimi bilan refleksivlikni pedagogik jarayonlarning adaptivligiga moslash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106 sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-253 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda cyujetli-rolli o‘yinlarning didaktik jihatlarini rivojlantirish imkonini oshirilgan;
talabalarning pedagogik kasbiy kompetentligi integrativ yondashuv, ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika univesitetining 2022 yil 23 maydagi 02-07-1397/04-son dalolatnomasi). Natijada sintetik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning pedagogik kasbiy kompetentligi o‘z-o‘zini rivojlantirish, malaka va mahoratini takomillashtirish hamda istiqbolli didaktik vazifalarga mos amaliy harakatlarni tashkil etishga doir pedagogik relaksatsiyani yuzaga keltirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Pedagogik kasbiy kompetelik va kreativlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-253-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi ortgan.