Xonqulov Shavkatjon Xursanalievichichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy madaniy jarayonlarda Hamza Hakimzoda Niyoziyning roli», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar549.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti. PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori; Tayronov Yoqubjon Rafiqovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universieti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Hamza Hakimzoda Niyoziyning Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hamzaning shaxsiy arxivi fondlarida saqlanayotgan hujjatlar asosida sovet hokimiyati yillarida nashr etilgan adabiyotlarda shoirning ijodiy faoliyati bilan bog‘liq ayrim sanalar, shaxs nomlari, shuningdek, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari aks etgan she’r va maqolalari kiritilmagani hamda nashrga tayyorlashda matniy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan;
Hamza o‘zining she’r, maqola va asarlarida o‘lka ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi ziddiyatlarning ijobiy, salbiy xususiyatlarini namoyon etish, tarixiy shaxs siymosi, uning xarakteri, dunyoqarashi, turmush tarzi, ma’rifiy qarashlarini talqin etish orqali davrning turli bosqichlarida sodir bo‘lgan muhitni tasvirlashda foydalanilganligi dalillangan; 
sovet hokimiyati yillarida Hamzaning taniqli jadid ziyolilari bilan badiiy, ilmiy, publisistik va shaxsiy yozishmalariga oid yangi ma’lumotlar, jumladan, yurt ozodligiga undovchi, xotin-qizlar va yoshlarni ilm olishga chorlovchi she’rlari mafkuraviy ta’qib tufayli uning faoliyati bilan bog‘liq adabiyotlarda aks etmaganligi isbotlangan;
shoirning xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, an’anaviy xalq qo‘shiqlarini to‘plash, saralash va targ‘ib qilish, kuylar yaratish va ularni maromiga etkazib ijro etish borasida faoliyati, Hamzaning ilk bor jadid she’riyatiga hajviy qo‘shiq janrini olib kirganligi hamda uning dastlabki o‘zbek operasi namunasini yaratgan shoir va kompozitor ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy madaniy jarayonlarda Hamza Hakimzoda Niyoziyning rolini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Hamzaning shaxsiy arxivi fondlarida saqlanayotgan hujjatlar asosida sovet hokimiyati yillarida nashr etilgan adabiyotlarda shoirning ijodiy faoliyati bilan bog‘liq ayrim sanalar, shaxs nomlari, shuningdek, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari aks etgan she’r va maqolalari kiritilmagani hamda nashrga tayyorlashda matniy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani, uning she’r, maqola va asarlarida o‘lka ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi ziddiyatlarning ijobiy, salbiy xususiyatlarini namoyon etish, tarixiy shaxs siymosi, uning xarakteri, dunyoqarashi, turmush tarzi, ma’rifiy qarashlarini talqin etish orqali davrning turli bosqichlarida mavjud muhitni tasvirlashda foydalanilganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasini «O‘zbekiston sovet totalitar tuzumi davrida» bo‘limini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 24 martdagi 3/1255-66-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey fondini boyitishga, tashrif buyuruvchilarning bu boradagi bilimlari va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
sovet hokimiyati yillarida Hamzaning taniqli jadid ziyolilari bilan badiiy, ilmiy, publisistik va shaxsiy yozishmalariga oid yangi ma’lumotlar, jumladan, yurt ozodligiga undovchi, xotin-qizlar va yoshlarni ilm olishga chorlovchi she’rlari mafkuraviy ta’qib tufayli uning faoliyati bilan bog‘liq adabiyotlarda aks etmagani, shoirning xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, an’anaviy xalq qo‘shiqlarini to‘plash, saralash va targ‘ib qilish, kuylar yaratish va ularni maromiga etkazib ijro etish borasida faoliyati, Hamzaning ilk bor jadid she’riyatiga hajviy qo‘shiq janrini olib kirganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» DUKning 2022 yil 17 martdagi 06-31-610-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarga Hamza Hakimzoda Niyoziyning Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi roli haqida xolis bilimlarini etkazib berilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish