Geldiev Yusuf Allayarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan silikagel` yordamida uglerod (IV) oksid sorbsiyasining kinetikasi va uning miqdorini gazlar aralashmasidan sorbsion-spektroskopik usulda aniqlash», 02.00.02 – Analitik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K529.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Umbarov Ibragim Amanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04.2022.K.78.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davronbek Jumanazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan silikagellar asosida olingan sorbentlar yordamida uglerod (IV)-oksid sorbsiyasining kinetikasi va uni gazlar aralashmasi tarkibidan miqdoriy aniqlashning sorbsion-spektroskopik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
silikagelni monoetanolamin, dietanolamin, 2-gidroksietilkarbamat va melaminformal`degid smola bilan modifikatsiyalash asosida yangi, yuqori smarali SMF, SDEA, SDEK, SMEA markali gaz sorbentlari olingan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan SMF, SDEA, SDEK, SMEA gaz sorbentlarining uglerod (IV)-oksidga nisbatan sorbsiya sig‘imi 5.3 dan 9.8 mmol`/g gacha ortib borishi aniqlangan;
olingan sorbentlarda 30ºC haroratda uglerod (IV)-oksid sorbsiyasi tezligi SDEK, SMEA, SDEA, SMF sorbentlari qatorida ortib borishi aniqlangan;
olingan sorbentlar asosida atmosfera gazlari tarkibidan uglerod (IV)-oksid miqdorini aniqlashning nisbiy standart chetlanishi 0.066 bo‘lgan sorbsion-spektroskopik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Modifikatsiyalangan silikagel` asosida uglerod (IV)-oksid sorbsiyasi va gazlar aralashmasidan uning miqdorinia sorbsion-spektroskopik usulda aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan yangi modifikatsiyalangan silikagel` sorbentlari “Olmaliq KMK” AJ korxonasida chiqindi gazlarni tozalashda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 30 oktyabrdagi 03-17-5/190-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazlar aralashmasini kislotali gazlardan samarali tozalashga imkon bergan;
olingan sorbentlar yordamida uglerod (IV)-oksidni sorbsion-spektroskopik aniqlashning ishlab chiqilgan usuli “Olmaliq KMK” AJ korxonasida chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod (IV)-oksid miqdorini aniqlash uchun qo‘llanilgan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2022 yil 30 oktyabrdagi 03-17-5/190 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod (IV)-oksidning miqdori 0,001 dan 5 hajmiy foizgacha bo‘lganda 0,1% nisbiy xatolik bilan aniqlash imkonini bergan.