Yusupova Umidajon Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noqulay ekologik muhit ta’sirida kichik yoshli bolalar o‘tkir zotiljam kasalligida gemostaz tizimi o‘zgarishlari», 14.00.09- Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib899.
Ilmiy rahbar: Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi noqulay ekologik muhit ta’sirida (Xorazm viloyat misolida) erta yoshli bolalarda o‘tkir zotiljam kasalligida gemostaz tizimi va sitokin holatini o‘zgarishlarini baholash orqali erta tashhislashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatida yashaydigan erta yoshli bolalarda o‘tkir zotiljam kasalligi noqulay ekologik atrof muxit omillari ta’siri natijasida og‘ir kechishi asoslangan;
 noqulay ekologik sharoitda yashovchi erta yoshli bolalarda fon kasalliklarini 3 barobar ko‘p uchrashi va  o‘tkir zotiljam kasalligini og‘ir kechishiga ta’siri aniqlangan;  
ekologik muhitning salbiy ta’siri natijasida gemostaz tizimida muvozanatning buzilishi, yuqori trombotik tayyorgarlik mavjudligi hamda o‘tkir zotiljamni klinik shakli, og‘irlik darajasi, asoratiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi asoslangan;
o‘tkir zotiljam kasalligida interleykinlar IL-1β, IL-4, IL-6 va TNFα miqdorini aniqlash orqali bolalarda sitokin statusidagi o‘zgarishlarning gemostaz tizimini (QFTV, fibrinogen, EFMK, D -dimer) o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi  isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Noqulay ekologik muhit ta’sirida kichik yoshli bolalar o‘tkir zotiljam kasalligida gemostaz tizimi o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
noqulay ekologik sharoitda yashovchi erta yoshli bolalarda o‘tkir  zotiljamni tashhislash va prognozlashda gemorragik sindromni oqibatini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan  “Bolalardagi shifoxonadan tashqari o‘tkir pnevmoniyalardagi gemorragik sindromni oqibatini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8n-z/751-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljam bor bemorlarni olib borish, shu jumladan gemostaz va sitokinlarni statusini baxolash orqali kasallikni asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
noqulay ekologik muhit ta’sirida kichik yoshli bolalar o‘tkir zotiljam kasalligini tashxislash va gemostaz tizimi baxolashga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliѐtiga, jumladan Xorazim viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining pulmonologiya bo‘limiga va Xorazm viloyati Urganch tumani tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 sentyabrdagi 08-29309-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalardagi shifoxonadan tashqari o‘tkir pnevmoniyadada gemorragik sindromning oqibatini aniqlashning yangi usullarini qo‘llash natijasida kasallikning davomiyligini 2,7 kunga qisqartirishga va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish