Mamatqulov Farrux G‘olibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy kungaboqar moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2621.
Ilmiy rahbar: Ismatov Sunnatullo Shamsullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Nargiza Qahramonovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Ro‘ziboev Akbarali Tursunovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy kungaboqar moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kungaboqar moylarini gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash qo‘shma texnologiyasida 1,6 A/m kuchlanganlikdagi elektromagnit maydon ta’siridan foydalanib fosfolipidlarning maksimal chiqishi 0,27 % dan 0,15% ga va kislota soni  1,96 dan 1,91 mg.KON/g gacha oshishi isbotlangan;
mahalliy kungaboqar moyini gidratatsiyalash jarayonida yangi reagent sifatida olma va limon kislotalarini qo‘llash natajasida og‘ir tuzlar miqdori 0,03% gacha pasayishi ilmiy asoslangan;
xomashyoni gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasida kungaboqar moyining sifatini oshirish va ko‘rsatkichlarini yaxshilashga elektromagnit maydonining ijobiy ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan;
kungaboqar moyini gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi uchun yangi texnologik rejim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy  kungaboqar moylarini rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mahalliy sharoitlarda etishtirilgan xomashyo asosida olingan kungaboqar moylarini ishqor eritmasidan foydalanib elektromagnit maydon ta’sirida gidratatsiyalash va rafinatsiyalash texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bshhyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 18 martdagi  KS/3-251-son ma’lumotnomasi). Natijada, kungaboqar moylarini elektromagnit maydon yordamida faollashtirilgan suv ta’sirida gidratatsiyalash texnologiyasi takomillashtirish imkonini beradi;
“ASIAN GOLDEN OIL” MChJda yangi texnologik jarayonlar bilan takomillashtirilgan rafinatsiyalangan kungaboqar moyini ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bshhyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 18 martdagi  KS/3-251-son ma’lumotnomasi). Natijada, rafinatsiyalangan kungaboqar moyini chiqishini oshirishni ta’minlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish