Nazirov Sirojiddin Nazirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cho‘kishdan o‘lim holatlarida sud-tibbiy tashxislashni takomillashtirishning ayrim imkoniyatlari» 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib974.
Ilmiy rahbar: Baxriev Ibragim, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Indiaminov Sayit Indiaminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yakubov Hayot Xamidullaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘kish holatlarida tashxislash va murdaning birlamchi joylashishini belgilash uchun diatom planktonni baholashning sud-tibbiy mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv havzalarining geografik jihatdan diatom floralarini qiyosiy taqqoslash orqali ularning taksonomik tarkibi bo‘yicha sezilarli o‘xshashliklar mavjudligi isbotlangan;
al`gologik va bakteriologik tadqiqotlar asosida cho‘kishni tashxislashning muqobil tartibi hamda suv namunalari va suv havzalarida topilgan inson murdalarining ichki a’zolarida ham diatom planktonini tahlili asoslangan;
suv havzalarida diatom plankton va bakteriyalarning doimiy tarkibi, planktonning miqdori va morfologik tarkibi bir qator ekologik sharoitlar, suv havzalaridagi suvning kimyoviy tarkibiga qarab farqlanishi isbotlangan;
cho‘kish oqibatida ob’ektiv o‘lim tashxisini qo‘yish hamda cho‘kish joyi va vaqtini aniqlashda al`gologik va bakteriologik tadqiqotlarga asoslangan cho‘kish holatlarida tashxislashning muqobil usulining samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Cho‘kishdan o‘lim holatlarida sud-tibbiy tashxislashni takomillashtirishning ayrim imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cho‘kish natijasida o‘lim holatlarini tashxislash maqsadida cho‘kish turlarida kuzatiladigan morfologik belgilarni baholash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Suvda cho‘kish turlarini sud tibbiy tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 apreldagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma cho‘kish holatlarini tashxislashda yordam beradigan yoki cho‘kish uchun xavf omillari, alkogol, jarohat, jins, yosh kabi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, suvdan chiqarilgan murdani tekshirishda tashxislash mumkin bo‘lgan barcha morfologik xususiyatlarni uch guruhga ajratish orqali xususiyatlarni tashqi va ichki tekshirish paytida yoki laboratoriya tekshiruvlarida taklif etilgan shkalani qo‘llash imkonini bergan;
cho‘kishdan o‘lim holatlarida sud-tibbiy tashxislashni takomillashtirishning ayrim imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amalaiy markazining Buxoro viloyati fililali hamda Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza markazi, So‘g‘d viloyati sud tibbiy ekspertiza markazining sud tibbiy ekspertiza amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 08-20965-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi cho‘kish holatlarini tashxislash, suv havzalari uchun diatom planktonlarining Naviculla, Pinullaria, Achnantes, Girosigma, Melosira, Sinedra, Ulnaria va Diploneis turlarini natijasida o‘lim yuz berishi bilan birgalikda o‘lim vaqti va joyini sud tibbiy tashxislash imkonini bergan.