Xudayberdiev Mirqosim Rashidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yangi assortimentdagi tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2706
Ilmiyrahbar: Ochilov To‘lqin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, professor
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti,PhD. 03/29.10.2021.T.101.03.
Rasmiy opponentlar:Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor, Hamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tarkibli tolalar aralashmasidan yangi assortimentdagi tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va olingan mahsulotning fizik-mexanik xossalarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piltalash mashinasida eksperimental tadqiqotlar asosida piltalarni joylanish tartibi bo‘yicha mahsulot notekisligini kamaytirish asosida yangi assortimentdagi tikuvchilik iplari ishlab chiqarilgan;
turli tarkibli tolalar aralashmasidan olingan tikuvchilik iplarining uzilish kuchining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanishlar kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan;
iplarning qovushqoqlik xususiyatlarini hisobga olgan holda, buramlarning kuchlanish va deformatsiya holati hamda ularning yuklash va yuksizlantirish jarayonida reologik xossalarini hisobga oluvchi matematik modeli yaratilgan.
sifatli tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish uchun ipga buram berishning optimal varianti ipning qovushqoqlik parametrlarini tanlash va ularning statistik tahlili xisobidan ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi assortimentdagi tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli tarkibli tolalar asosidagi tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi ”MERGAN TEKS” MChJ (Buxoro viloyatidagi ”MERGAN TEKS” MChJ korxonasining 2022 yil 20 yanvardagi ma’lumotnomasi)korxonasida o‘tkazilgan va joriy etilgan. Natijada, tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish asosida ip sifat ko‘rsatkichlari 15-17% ga yaxshilangan.
paxta va lavsan tolasi aralashmasidan olingan tikuvchilik ipining fizik-mexanik ko‘rsatkichlarining oshishiga erishilgan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi Buxoro viloyatidagi “QORAKO‘L KUMUSh KALAVA” MChJ korxonasida joriy qilindi (Buxoro viloyatidagi “QORAKO‘L KUMUSh KALAVA” MChJ korxonasining 2022 yil 15 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasining 30% ga qisqarishi hisobiga 733880,25 ming so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan;