Kardjavova Gulnoza Abilkasimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda shifoxonadan tashqari bo‘lgan pnevmoniyadagi miokarditlarning kompleks diagnostikasi va davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1684.
Ilmiy rahbar: Shavazi Nurali Muxammad o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Rustam Xayitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: I.P.Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda miokardit bilan kechuvchi shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning keng qamrovli diagnostikasi va davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda miokardit bilan kechadigan shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda asosiy etiologik omillar sifatida Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae B turi va Herpes simplex ekanligi aniqlangan;
bolalarda miokardit bilan kechadigan shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda qon ivish tizimidagi o‘zgarishlar qisman faollashgan protrombin vaqti va fibrinogen konsentratsiyasini pasayishi, trombin vaqti va D-dimerning oshishi giperkoagulyasiya va qon tomirlarda mikrotsirkulyasiyaning buzilishi sababli kelib chiqishi aniqlangan;
miokardit bilan kechadigan shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda kardiomiotsitlardan troponinlarning proteolitik degradatsiyasi mahsulotlarining ajralib chiqishi, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi oshishi sababli troponin I, α-GBDG i MVKK ning miqdorini aniqlanish diagnostik marker ekanligi isbotlangan;
ilk bor shifoxonadan tashqari pnevmoniyalar bilan kechuvchi miokarditning kompleks davosiga mikrotserkulyasiyani yaxshilovchi va moddalar almashinuvini tiklovchi preparatlarini qo‘shimcha qo‘llash orkali davo muolajalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Bolalarda shifoxonadan tashkari pnevmoniya bilan kechuvchi miokarditni kompleks diagnostikasi va davolash takikasinini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
miokardit bilan kechuvchi shifoxonadan tashqari pnevmoniya erta tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Bolalarda miokardit bilan kechuvchi shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning kechishida kliniko-laborator va instrumental xususiyatlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-r/874-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning miokardit bilan kechishi diagnostika usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani miokardit bilan kechishini kardiospesificheskix markerlar (troponina I, α-GBDG va MVKK) aniqlash natijasida individual davolash usullarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Bolalarda miokardit bilan kechuvchi shifoxonadan tashqari pnevmoniyalarda turli xil terapevtik yondashuvlarning samaradorligini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-r/875-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda miokardit bilan kechuvchi shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
bolalarda shifoxonadan tashqari bo‘lgan pnevmoniyadagi miokarditlarning kompleks diagnostikasi va davolash taktikasini optimallashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand shaxar 3-sonli oilaviy poliklinika va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 oktyabr` №08-32958-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi shifoxonadan tashqari pnevmoniya miokardit bilan birga kechgan bolalarda kasallikni erta tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash orqali ularda kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va statsionarda davolanish muddatini 3,1 yotoq kunga qisqartirish imkonini bergan.