Nabiev Elyor Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘kuvchan gruntlardagi sug‘orish kanallari quvurli suv o‘tkazish inshootlarining foydalanish ishonchliligini oshirish, 05.09.06– “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2154
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xo‘jaqulov Rustam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ergashev Rustam Rahimovich; texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nazarov Komil Egamberdievich 
Yetakchi tashkilot - “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cho‘kuvchan gruntlardagi sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlarini foydalanish davridagi ishonchliligini oshirish bo‘yicha ularni loyihalash va hisoblash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlari va cho‘kuvchan zaminlariga tadqiqot ob’ektining tabiiy-iqlimiy, geologik-gidrogeogik va meliorativ shart-sharoitlar ta’sirini hisobga olib ishonchliligini belgilovchi omillar hamda ishonchlilik ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan;
cho‘kuvchan grunt namlanish tezligini aniqlashning eksperimental-grafikli usuli quvurli suv o‘tkazish inshootlarining lyoss zaminlarini infil`tratsiya namlanishini inobatga olib ishlab chiqilgan; 
sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlari zaminlarining namlanish tezligini aniqlash dasturi namlanish sharoitini hisobga olib va inshoot-zamin birgalikdagi deformatsiyalarini hisoblash dasturi ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib takomillashtirilgan;
cho‘kuvchan gruntlardagi kanallarda inshoot zaminiga ro‘y beradigan uzoq muddatli infil`tratsiyani hisobga olib quvurli suv o‘tkazish inshootining konstruksiyasi takomillashtirilgan;
foydalanish davrida sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlari ustuvorligini hisoblash usuli cho‘kuvchan zamin deformatsiyasini hisobga olib takomillashtirilgan va ulardan foydalanish qoidalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cho‘kuvchan gruntlarda sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlarini foydalanish davridagi ishonchliligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Kasbi tumanidagi Mirishkor-Qamashi kanalining PK 124+54 va PK 132+56 hamda Mirishkor tumanidagi UR-6 kanalining PK 34+80, PK 65+40 uchastkalarida o‘tkazilgan eksperimentlar asosida kanal va inshootlarning ishonchliligini oshirish bo‘yicha muayyan taklif va xulosalar berilgan, jumladan quvurli suv o‘tkazish inshootlari ishonchliligini baholash va hisoblashning ishlab chiqilgan uslublari, ularning ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillarni bajarilgan tahlili va ishonchlilikning aniqlangan ko‘rsatkichlari, cho‘kuvchan gruntlarda inshoot – zamin birgalikda ishlashi va ularning o‘zaro ta’sirini aniqlovchi natijalarga asoslangan tavsiyalar va lyoss zaminlarni infil`tratsiyasini aniqlaydigan dala sinovlari uslubi, yassi kallak-diafragmalarni kuchlanganlik holatini baholash uslubi bo‘yicha takliflar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (ITHB) tomonidan Kasbi va Mirishkor tumanlaridagi sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlari uchun joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 01.06.2022 yildagi MM40843603-sonli ma’lumotnomasi). Natijada cho‘kish oqibatida ro‘y beradigan deformatsiyalarni 15-20 % ga bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘lgan; 
cho‘kuvchan gruntlardagi sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlari cho‘kishini oldini olish imkonini beruvchi uning takomillashtirilgan konstruksiyasiga intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti foydali modeli uchun 22.11.2021 yilda talabnoma rasmiylashtirilgan (“Cho‘kuvchan gruntlarda suv o‘tkazish inshootining takomillashtirilgan konstruksiyasi”, FAP 2021 0357) va Qarshi magistral` kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan 06.05.2022 yilda №01-08/68a raqamli ratsionalizatorlik guvohnomasi va uni ishlab chiqarishga qabul qilinganligi haqida 06.05.2022 yildagi dalolatnomasi berilgan. Natijada inshootni ishlash ishonchliligini 8-10 % ga oshirish imkoniyati yaratiladi, bu esa foydalanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan; 
suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo ITHB tomonidan Kasbi va Mirishkor tumanlaridagi sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlari uchun gidrotexnika inshootlari zaminlarining namlanish tezligini namlanish sharoitiga bog‘liqligi aniqlash dasturi (DGU №12538 raqamli guvohnomasi) hamda sug‘orish tizimlari inshootlari va ularning cho‘kuvchan zaminlarini birgalikdagi deformatsiyalarini hisoblashni takomillashtirish usuli (DGU №13187 raqamli guvohnomasi) joriy etilgan. Natijada sug‘orish kanallarining quvurli suv o‘tkazish inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlariga sarflanadigan vaqt 25-30% ga va foydalanish xarajatlari 15-20% ga kamayishi imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish