Abdullaev Ulugbek Tulanboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Gigroskopik xossalari yuqori bo‘lgan to‘qimalarning yangi turi va texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1DSc/T47
Ilmiy rahbar: Veliev Fazil` Ali ogli, texnika fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Ishmatov Askarali Bozorovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gigroskopik xossalari yuqori bo‘lgan vafel va tukli to‘qimalarning yangi turini yaratish va ularni zamonaviy to‘quv dastgohlarida to‘qish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qima mustahkamligini oshirish uchun ip mustahkamligidan foydalanish koeffisientini aniqlashni yangi usuli ishqalanish kuchiga bog‘liq bo‘lgan tanda va arqoq iplarining o‘zaro qarama-qarshiligi hamda bir-birini qamrab olish burchaklari orqali ishlab chiqilgan;
sochiqbop to‘qimalardan biri hisoblangan vafel to‘qimasini shakllantirishda ishtirok etayotgan tanda iplarining sarfi to‘lqin balandligi va uzunliklarni to‘qimada qisqarishi asosida aniqlangan;
sochiqbop to‘qimalar assortimentining tahlili asosida, to‘qima o‘rilishini o‘zgartirib, rapportdagi tanda iplarining uzunliklaridagi farqi xisobiga gigroskopiklik xususiyati yuqori bo‘lgan vafel to‘qimasining yangi turi ishlab chiqilgan;
halqa zichliklari turlicha bo‘lgan tukli to‘qimalarning tuk zichliklarini o‘zgartirish orqali yangi turlari yaratilgan hamda tukli to‘qima shakllanishida arqoq iplarining to‘qima yuzasida joylashish uzunligi tenglama yordamida aniqlangan;
arqoq ipi bo‘yicha o‘zgaruvchan zichlikdagi to‘qimalarning to‘qima qirg‘og‘idagi arqoq iplarini siljishi chegarasida siljish miqdorini aniqlovchi tenglama aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gigroskopik xususiyati yuqori bo‘lgan yangi tarkibli vafel – tukli to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gigroskopik xossalari yuqori bo‘lgan vafel to‘qimalarining yangi turi va texnologiyasi “IDEAL LAZER TEKS” va “Namangan paxta teks” to‘quv korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasining 2022 yil 8 - iyuldagi № 03/14-2120 son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud vafel to‘qimasiga nisbatan yangi tarkibli vafel to‘qimasida iplarning qasqarish va sirt zichligi kamayishi hisobiga xom-ashyo sarfi kamaygan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshgan;
Xom-ashyo sarfini kamaytirish hamda tuk mustahkamligi oshirish maqsadida, bir tomoni halqa tukli, ikkinchi yuza qismi vafel o‘rilishga ega bo‘lgan va halqa tuklari zichliklari o‘rilish hisobiga turlicha bo‘lgan sochiqbop matolarning yangi turini “ART SOFT TEKS” va “Great Kokand” to‘quv korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasining 2022 yil 8-iyuldagi № 03/14-2120 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi tarkibli vafel-tukli to‘qimani ishlab chiqarishgan, to‘qimaning gigroskopik xususiyatlari yaxshilangan, tuk zichliklari o‘rilish hisobiga kamaytirilgan, to‘qimalarda xom-ashyo sarfi kamaygan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, tuk mustahkamligi ortgan.