Turabaeva Zarina Kenjebekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubiy hududlarida aholining radiatsion havfsizligining ta’minlanishi va gigienik baholanishi», 14.00.07 - Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib515.
Ilmiy rahbar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xashirbaeva Dinara Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Li Marina Vladimirovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moslik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning janubiy mintaqasida radiatsion holat ko‘rsatkichlarini radiatsion-gigienik baholash va radiatsion xavfsizlikni ta’minlashni asosiy yo‘nalishlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ionlashtiruvchi nurlanishning barcha asosiy manbalaridan nurlanish qiymatini kompleks baholash natijasida tashqi va ichki individual va jamoaviy nurlanish qiymatlari asoslangan;
aholi yashash hududidagi ochiq joylar hamda turar joy va jamoat binolarining xonalarida havosida radon (222Rn) va toron (220Rn) hamda ularni qisqa vaqt yashovchi xosila mahsulotlarini ingalyasiyasi hisobiga yuzaga keladigan ichki nurlanish qiymati hisoblangan;
aholining tabiiy radionuklidlar asosidagi nurlanish dozalari hamda xavfli o‘smalardan o‘lim darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik, ya’ni aholi uchun radiatsion xavf hisoblangan;
janubiy xudud aholisining turar joylarni joylatirishda radiatsion xavf omillarini inobatga olgan holda aholi orasida radiatsion xavfsizlikni ta’minlash hamda kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning janubiy xududlarida aholining radiatsion xavfsizligining ta’minlanishi va gigienik baholanishini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning janubiy xududlarida aholining radiatsion xavfsizligining ta’minlanishi va gigienik baholanishini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tabiiy radiatsion fon: shakllanishi va inson organizmiga ta’siri (Surxondaryo viloyati misolida)» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydigai 8n-z/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Surxondaryo viloyatining xududlarida yuzaga keladigan radiatsion foni va uning ushbu xududda istiqomat qilayotgan insonlar organizmiga ta’sirini radiatsion qiymati gigienik baholash va ularni oldini olish imkonini bergan;
O‘zbekistonning janubiy xududlarida aholining radiatsion xavfsizligining ta’minlanishi va gigienik baholanishini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surxondaryo viloyatining turar joy va jamoat binolarida radon miqdorini gigienik baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 maydigai 8n-z/250-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Surxondaryo viloyatining turar joylari va jamoat binolaridagi radon miqdorini baholash va uning qiymatini turar joylarida istiqomat qilayotgan va jamoat binolarida faoliyat ko‘rsatayotgan insonlar organizmiga radonning salbiy ta’sirini baholash va uni oldini olishga qartilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.
O‘zbekistonning janubiy xududlarida aholining radiatsion xavfsizligining ta’minlanishi va gigienik baholanishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining profilaktik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 sentyabrdagi 08-29156-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aholining radiatsion xavfsizligini ta’minlashni tashkil etishni takomillashtirish xududning aholi yashash joylarini joylashtirish va rejalashtirishni tartibga solish uchun potensial radiatsion xavf bo‘yicha hududini reytingini amalga oshirish, radiatsion havf omillarining O‘zbekistonning janubiy mintaqasi aholisi salomatligiga uzoq muddatli ta’sirini kamaytirish imkonini yaratish orqali aholi orasida radiatsion xavf kasalliklarini oldini olish kamaytirish orqali aholining umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.