Sayt test rejimida ishlamoqda

Homidov Husniddin Kupaysinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1011.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni refleksiv, kasbiy, ijtimoiy, akmeologik mezonlariga bog‘liqlikda jamoat tashkilotlari faoliyatini maqsadli muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini takomillashtirish mazmuni demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida “oliy ta’lim muassasasi-jamoat tashkilotlari” hamkorligi strategiyalari loyihalash, hamkorlikda ishlash kabi shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni kiritish orqali ochib berilgan; 
tarbiyaning tarixiylik, ilmiylik va uzviylik tamoyillari ta’lim jarayonining tashviqot-targ‘ibot, ta’lim-tasnif, ta’lim-tarbiya bosqichlariga ko‘ra talabalarda mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillilik kabi sifatlarni rivojlantirish parametrlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalar, qiziqish, o‘zligini anglash, tartib-qoidalarni bilish va unga amal qilish, shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish kabi ko‘rsatkichlar asosida kafolatlangan natijaga erishish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilingan:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni refleksiv, kasbiy, ijtimoiy, akmeologik mezonlariga bog‘liqlikda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini takomillashtirish mazmuni demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida “oliy ta’lim muassasasi-jamoat tashkilotlari” hamkorligi strategiyalari loyihalash, hamkorlikda ishlash kabi shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni qo‘llashga doir tavsiyalardan Buxoro muhandislik texnologiya institutining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan «UNICEN loyihasi “Akkreditatsiya, baholash va talabalarning natijalarini takomillashtirish” nomli Amerika Qo‘shma shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik texnologiya institutining 2021 yil 7 dekabrdagi 86-04/3145-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tarbiyaning tarixiylik, ilmiylik va uzviylik tamoyillari ta’lim jarayonining tashviqot-targ‘ibot, ta’lim-tasnif, ta’lim-tarbiya bosqichlariga ko‘ra talabalarda mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillilik kabi sifatlarni rivojlantirish parametrlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmonida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2021 yil 1 dekabrdagi 04-13/1688-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalar, qiziqish, o‘zligini anglash, tartib-qoidalarni bilish va unga amal qilish, shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish kabi ko‘rsatkichlar asosida kafolatlangan natijaga erishishga oid tavsiyalar va xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Dolzarb mavzu”, “Yurt jamoli”, “Ta’lim olamiz”, “Interv`yu plyus”, “Assalom Buxoro”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Buxoriylar bo‘stoni”, “Vatanparvar”, “Xotin-qizlar yurt ardog‘ida”, “Vatanparvar yoshlar”, «O‘zbekiston Vatanim manim», «Ona Vatan, mustaqil O‘zbekistonga sodiq bo‘lish», «Mustaqillik bergan buyuk ne’mat», «Vatan yagonadir, Vatan bittadir», «Alpomish avlodlarimiz», «O‘zbegim o‘g‘lonlari»  kabi ko‘rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradio kompaniyasining 2021 yil 1 noyabrdagi 1/278-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, talabalarda o‘z Vataniga bo‘lgan hurmatni oshirishga, Vatanni sevishga, ta’lim-tarbiyaga doir ma’lumotlarni kengaytirishga, ma’naviy-ahloqiy fazilatlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish