Toshturdiev Shuxrat Xurram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir atletikaning maxsus mashqlari orqali malakali velosipedchilarning kuch sifatini oshirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1483.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir atletika sport turidagi maxsus mashqlar yordamida malakali velosipedchilarning kuch sifatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali velosipedchilarning shaxsiy vazniga nistaban belgilangan og‘irliklar bilan kuch qobiliyatlarini rivojlantirish uchun dam olish oraliqlarini rejalashtirishda organizmning to‘liq tiklanish imkoniyatidan kelib chiqib sportchining katta mushaklar guruhini rivojlantiruvchi ko‘p kuch sarf qilinadigan mashqlarni dinamik va statik faoliyatda mashg‘ulotga kiritish evaziga sport darajalari bo‘yicha mashg‘ulot yuklamasining yangicha model hisoblash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali velosipedchilarning sport darajasidan kelib chiqib ularning umumiy jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan sport natijalarini o‘sishiga ta’sir qiluvchi shiddat zonalaridagi og‘irliklar o‘zgaruvchanligini reglamentlashtirishda kuch chidamliligini aniqlash hisobiga umumiy jismoniy tayyorgarlikka ajratilgan mashg‘ulotlar takomillashtirilgan;
malakali velosipedchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan mashg‘ulotlardagi vositalarining yuklama me’yorlari yondashuvlar hajmi, umumiy dam olish oralig‘i va o‘rtacha og‘irlik ko‘rsatkichlarini haftalik siklda yuklama hajmining oshirilishi mushak massasini ko‘proq o‘sishi inobatga olib, maksimal vaznlarga bo‘lgan ehtiyojni kiritish evaziga har bir mashg‘ulot yuklamasini yangicha optimal hisoblash imkoniyati kengaytirilgan;
velosipedchilarning og‘ir atletika maxsus mashqlari orqali oyoq kuchini sport darajalarini inobatga olib baholash tayyorgarlik davrida jismoniy tayyorgarlik holati o‘rganilib toliqish omillarini bartaraf etish uchun shiddatli yuklamalar qo‘llanilishi natijasida individual yondoshuv orqali ish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan qisqa vaqtda maksimal kuch talab etadigan mashqlar majmuasini (baholash model ko‘rsatkichlari) ishlab chiqish hisobiga (yilning dekabr`, yanvar` oylarida) kuch sifatini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘ir atletikaning maxsus tanlab olingan mashqlari orqali malakali velosipedchilarning kuch va kuch chidamliligi sifatini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy iqlim sharoitida malakali velosipedchilar uchun shtanga va trenajyorlarda elka, bel, qo‘l va oyoq mushaklari kuch sifatlarini qarshiliklarni enguvchi uslubda rivojlantirishning yangicha uslubiyati O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti velosport ixtisosligi talabalarining sport pedagogik mahoratini oshirish dars jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11249-son ma’lumotnomasi). Natijada velosipedchilarning ishchanlik qobiliyati 12,9% ga yaxshilangan;
malakali velosipedchilarning mashg‘ulot yuklamalarini tartibga solishda mashg‘ulot vositalari va me’yorining optimal uslubiyati Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining velosport ixtisosligi o‘quvchilari jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11249-son ma’lumotnomasi). Natijada malakali velosipedchilarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida zo‘riqish va o‘ta zo‘riqish omillarini bartaraf qilish uchun haftalik yuklama hajmi haftaning boshida 40-45%ga, hafta o‘rtasida 50-55%ga, hafta oxirida 60% gacha oshirilgan;
malakali velosipedchilar kunlik mashg‘ulot yuklamasining o‘rtacha og‘irligi 32-38 kgdan kiritish hisobiga qarshiliklarni enguvchi uslubda ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar o‘tkazishning samarali uslubiyati O‘zDJTSU velosport ixtisosligi talabalarining umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11249-son ma’lumotnomasi). Natijada velosipedchilar oyoq kuchining rivojlanishi elkada shtanga bilan o‘tirib turish orqali 45,5%, ko‘krakda shtanga bilan o‘tirib turishda 50%, shtangani belgacha tortish orqali 42,9% ga ijobiy yaxshilangan;
velosport murabbiylari uchun malakali velosipedchilarning og‘ir atletika maxsus mashqlari orqali oyoq kuchini baholash model ko‘rsatkichi ishlab chiqilib O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti velosport ixtisosligi talabalarining sport pedagogik mahoratini oshirish dars jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan 2021 yil 2 dekabrdagi 03-17-02/11249-son ma’lumotnoma). Natijada malakali velosipedchilarning turgan joydan uzunlikka sakrashi 4,9% ga, 60 m ga yugurishi 2,1% ga, turgan joydan balandlikka sakrashi (sm) 15% ga, vaqtga velostanokda 30 marta (soniya) pedal aylantirish 1,8%ga yaxshilangan.