Seytmuratov Timur Shamshetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noqulay atrof-muhit omillarni inobatga olgan holda talaba futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1478.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01. 
Ilmiy rahbar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Nurimov Zafar Raxmonberdievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noqulay atrof-muhit omillarini hisobga olgan holda talaba futbolchilarning yillik tayyorgarlik rejasini ishlab chiqish asosida maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhitning noqulay omillariga nisbatan ish bajarish tejamkorligini saqlab qolish uchun jismoniy jihatdan tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda yuklamalarning fiziologik ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida individuallashtirish (mashqlar davomiyligida shiddatining o‘zgarishi) hisobiga jarohat olish xavotirini kamaytirish imkoniyati oshirilgan;
futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun yuqori darajadagi yuklamalarda mushak kuchlanishini bo‘shashtirishga qaratilgan cho‘ziltirish mashqlarini kiritish hisobiga tana qismlarini keyingi mashg‘ulotga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
talaba futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uchun alaktat-anaerob jarayon quvvatini oshirishga qaratilgan qisqa vaqt davomida yuqori shiddatli, sezilarli muskullar tizimini jalb qiluvchi “kvadratda pressing” mashqlarini kiritish evaziga maxsus chidamkorlik sifati takomillashtirilgan; 
talaba futbolchilarning atletik (tananing mushak) imkoniyatini oshirish uchun kuch chidamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan Krossfit mashqlaridan turli variantdagi mokisimon yugurish mashqlari bilan bajarishga qaratilgan modulni ishlab chiqish hisobiga o‘yinlararo  siklda funksional va jismoniy tayyorgarlik holatini saqlab qolish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noqulay atrof-muhit omillarini inobatga olgan holda talaba futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyatini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
atrof-muhitning noqulay omillariga nisbatan ish bajarish tejamkorligini saqlab qolish va  jarohat olish havotirini kamaytirish imkoniyatini oshirishga qaratilgalgan yuklamalarni individuallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Sport hәm hәreketli oyinlardi oqitio‘ metodikasi. Futbol» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-soni buyrug‘i, 500-194-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talaba futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi 14,5-15,6% ga yaxshilangan;
futbolchilarning mushak kuchlanishini bo‘shashtirishga qaratilgan cho‘ziltirish mashqlarini kiritish hisobiga tana qismlarini keyingi mashg‘ulotga tayyorlash imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha ma’lumotlar asosida «Sport hәm hәreketli oyinlardi oqitio‘ metodikasi. Futbol» nomli darslik nashr ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-194-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talaba futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi qobiliyatlari darajasi 18-23% ga o‘sgan;
tayyorgarlik davrida yuqori ritmga tez moslashishga qaratilgan yuqori shiddatdagi “kvadratda pressing” mashqlarini kiritish hisobiga anaerob chidamkorlikni rivojlantirish rejasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti futbol jamoasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 30 oktyabrdagi 01-21-02-2067-son ma’lumotnomasi). Natijada jamoa talaba futbolchilarining  har tomonlama tayyorgarlik parametrlari o‘rtacha 8 % ga va musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 10 % ga yaxshilangan;
talaba futbolchilarning atletik (tananing mushak) imkoniyatlarini oshirish uchun kuch chidamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan Krossfit mashqlaridan tarkib topgan mashg‘ulot moduli materiallari asosida «Sport hәm hәreketli oyinlardi oqitio‘ metodikasi. Futbol» nomli darslik nashr ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-194-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talaba futbolchilarning texnik-taktik harakatlari samaradorligi 12-13% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish