Ruzamuxamedov Komoliddin Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali balandlikka sakrovchilar jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1472.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlar nomzodi, professor;
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaev Zayniddin Boltaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy sport mahorati bosqichida balandlikka sakrovchi ayollarning individual texnik tayyorgarlik yuklamalari hajmi va shiddati me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkor-kuch rivojlangan sportchilarda qadam soni va tezligi yuqori, depsinish nuqtasi to‘sindan uzoqroq joylashishi hisobiga musobaqalarda natijalarni o‘sish imkoniyati takomillashtirilgan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning oxirgi qadamning amortizatsiya bosqichida tizza bo‘g‘imidagi egilish burchagini kamaytirish hisobiga yuqori natija ko‘rsatish imkoniyati kengaytirilgan;
balandlikka sakrovchilarning “kuch-sakrovchanlik” uslubiga ega sportchilarda yugurib kelishda tezligi pastroq depsinishda kuch sifati yuqoriligi sababli tizza bo‘g‘imidagi burchak kichrayishi va og‘irlik markazi ko‘tarilishi hisobiga final kuchlanishi imkoniyati oshirilgan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning sakrash usullari (stil) bo‘yicha depsinishda individual qulay nuqtani aniqlash maqsadida oxirgi uch qadam tempini kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash hisobiga malakani shakllantirish vosita va usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy sport mahorati bosqichida engil atletika bo‘yicha balandlikka sakrovchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan vosita va usullarni asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
engil atletika bo‘yicha balandlikka sakrovchi sportchilar tayyorgarligining tezkor-kuchini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiflar Engil atletika bo‘yicha respublika oliy sport maxorati maktablaridagi shug‘ullanuvchilar mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 maydagi 83-15/456-son ma’lumotnomasi). Natijada balandlikka sakrovchi qizlarning ko‘rsatkichlari 2,7 %dan 9,7% ga yaxshilangan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning oxirgi qadamning amortizatsiya bosqichida tizza bo‘g‘imidagi egilish burchagini kamaytirish hisobiga yuqori natija ko‘rsatish imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sport o‘yinlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 maydagi 83-15/456-son ma’lumotnomasi). Tajribalarning yakunida balandlikka sakrashga ixtisoslashgan sportchilarning musobaqa natijalari ko‘rsatkichlari sezilarli darajada 2,34%ga yaxshilangan;
balandlikka sakrovchilarining “kuch-sakrovchanlik” uslubiga ega sportchilarda yugurib kelishda tezligi pastroq depsinishda kuch sifati yuqoriligi sababli tizza bo‘g‘imidagi burchak kichrayishi va og‘irlik markazi pasayishi hisobiga final kuchlanishi imkoniyatini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni joriy qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari (Engil atletika)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-316-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada balandlikka sakrovchi qizlarning texnik tayyorgarligi 9,6-10,2% ga yaxshilangan;
yuqori malakali balandlikka sakrovchilarning sakrash usullari (stil) bo‘yicha depsinishda individual qulay nuqtani aniqlash maqsadida oxirgi uch qadam tempini kinematik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hisobiga malakani shakllantirish vosita va usullari takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-279-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada balandlikka sakrovchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi natijalari 5,5-10,9% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish