Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismatova Mohinur Izatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi bolalikning I-II davridagi qizlarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib.1128.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Axmedova Sayyora Muxammadovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Etakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalikning I-II davridagi badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi qizlarning antropometrik ko‘rsatkichlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan badiiy gimnastika bilan shug‘ullanmaydigan sog‘lom qizlar va badiiy gimnastikachi qizlar tana qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlari solishtirish asoslangan;
badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish ko‘krak qafasining shakllanishini tubdan o‘zgartirishi aniqlangan, bu esa bolalikning II- davrida yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlangan;
badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi bolalikning I-II davridagi qizlar pastki muchalari bo‘ylama va aylanma o‘lchamlari gimnastika bilan shug‘ullanmaydigan qizlar ko‘rsatkichlaridan ishonchli darajada yuqoriligi aniqlangan;
badiiy gimnastikachi qizlarning suyak yoshi darajasi pasport yoshidan ortda qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadigan qizlarning antropometrik parametrlari va ularning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi bolalikning I–II davridagi qizlarda antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy xususiyatlari ishlab chiqilgan "Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadigan qizlarning antropometrik parametrlari va ularning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 8 n-z/559-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qizlar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarig hamda morfometrik parametrlarining yoshga nisbatan o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan;
qiz bolalar morfometrik tavsifi va uning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Kogon tuman tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 maydagi 08-13408-sonli xulosasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi antropometrik ko‘rsatkichlarning jismoniy rivojlanishga ta’sirini va morfometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini erta aniqlash, nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Bolalikning I-II davrlarida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi qizlarda kasalliklarni erta tashxislash, patologik holat va nuqsonlarning 20-25% ga kamayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish