Sayt test rejimida ishlamoqda

Gulomkodirov Komiljon Alisherovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nav`e-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM589.
Ilmiy rahbar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Shahlo Azimbaevna, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Xudoyberganov Mirzoali Urazalievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nav`e-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida samarali echish metodlari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Nav`e-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida tavsiflovchi  adekvat matematik model` ishlab chiqilgan; 
optimal iteratsiya parametrlariga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan yo‘nalishli iteratsiya sxemasining yaqinlashishini ta’minlovchi teoremalar isbotlangan; 
tok funsiyasi uchun Puasson tenglamasini optimal iteratsiya parametrlariga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan yo‘nalishli iteratsiya metodi yordamida echish usuli ishlab chiqilgan;
bir o‘lchamli uyurma tenglamasi to‘g‘ri masalasi echimlarini va teskari masalalari manba hadini tiklash, kinematik qovushqoqlik koeffisientini yuqori aniqlikda topish usuli ishlab chiqilgan; 
Nav`e-Stoks tenglamalarining uyurma-tok funksiyasi tizimidagi echimlarini yuqori aniqlikda samarali topishga mo‘ljallangan va optimal iteratsiya parametrlariga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan yo‘nalishli iteratsiya metodi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.: Nav`e-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli echishning takomillashtirilgan modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minoti asosida:
Nav`e-Stoks tenglamalarini elliptik tipdagi tok funksiyasi va parabolik tipdagi uyurma tenglamasi ko‘rinishida sonli modellashtirishning to‘g‘ri va teskari masalalarini echish algoritmlaridan A-13-38 raqamli “Ikki fazali muhit nochiziqli to‘lqin dinamikasi uchun to‘g‘ri va teskari masalalarning nazariy va sonli tadqiq qilish” ilmiy tadqiqot loyihasida yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan parabolik tenglamalarni sonli echishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4862-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori tartibli hosila oldida kichik parametr bo‘lgan parabolik tenglamalarni sonli hisoblash sxemalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
elliptik tipdagi tok funksiyasi va evolyusion uyurma tenglamasi ko‘rinishida tavsiflanuvchi Nav`e-Stoks tenglamalarini sonli modellashtirish uchun o‘zgaruvchan yo‘nalishli iteratsiya metodida optimal iteratsiya parametrlarini tanlab echish algoritmidan A-13-38 raqamli “Ikki fazali muhit nochiziqli to‘lqin dinamikasi uchun to‘g‘ri va teskari masalalarning nazariy va sonli tadqiq qilish” ilmiy tadqiqot loyihasida Nav`e-Stoks tenglamalarini sonli modellashtirish, kompyuter dasturini yaratish va keng qamrovli hisoblash eksperimenti o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4862-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elliptik tipdagi tok funksiyasi va evolyusion uyurma tenglamasi ko‘rinishida tavsiflanuvchi Nav`e-Stoks tenglamalarini sonli modellashtirish uchun o‘zgaruvchan yo‘nalishli iteratsiya sxemasida optimal iteratsiya parametrlarini tanlab echish algoritmini ishlab chiqish, kompyuter dasturini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish