Sayt test rejimida ishlamoqda

Isaeva Dilfuza Xamidovna
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qomat buzilishi holatlarida bolalar uchun kiyimlarni loyihalash usullarini takomillashtirish”. 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.3.PhD/T1851 Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abdurayimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Pulatova Sabohat Usmanovna texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qomati buzilgan bolalar sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan boshqaruv nazariyasi asosida bolalar uchun profilaktik kiyimlarni loyihalash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy masalani echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv nazariyasi tamoyillari va biomexanika qoidalari asosida kiyim elementlari ta’siriga asoslangan bolalarda qomat buzilishining oldini olish innovatsion usuli ishlab chiqilgan;
qomati buzilgan bolalar tanasining morfologik xususiyatlarini tavsiflovchi yangi o‘lcham belgilari,  qomat turlarini miqdoriy baholash va ularni tasniflash imkonini beruvchi koeffisientlar taklif etilgan; 
 kompression material xususiyatlarini hisobga olgan holda elastik korrektorlarning geometrik parametrlarini hisoblash uchun matematik model ishlab chiqilgan;
qomat buzilishi profilaktikasi uchun universal maktab nimchasining o‘ziga xos bo‘laklari va elementlarini loyihalashda yangi konstruktiv texnologik echimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun profilaktik maktab nimchasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
profilaktik maktab nimchasining dizayni va texnik hujjatlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Saidbek Muxayyo savdo xususiy korxona”  va “Lider Fashion” MChJ korxonalarida joriy etilgan va («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 21 avgustdagi 03/25-2215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliy xomashyodan bo‘lgan materiallardan foydalanish hisobiga harajatlar kamayib, erishilgan iqtisodiy samaradorlik 1,5 baraborga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish