Saydaliev Saydimaqsudxo‘ja Saydaxmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1908.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital bozorini rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishda investisiya vositachilarining rasmiy dilerlik institutidan foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan;
fond birjasining aksiyalar bozori «Standard» listing toifasiga kiritishda emitent tomonidan chiqariladigan aksiyalarning erkin sotilish hajmi umumiy emissiya qilinadigan aksiyalarning sonining 5 foizidan kam bo‘lmasligi me’yoriy talabini belgilash taklif etilgan;
«Premium» listing toifasiga kirish uchun emitent tomonidan aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini emitent sof foydasining 30 foizidan kam bo‘lmasligini belgilash taklif etilgan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalarini xarid qilish anderrayterlar guruhi tomonidan amalga oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishda investisiya vositachilarining rasmiy dilerlik institutidan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi 03/08-18/3271-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy bozordagi ulushi 2022 yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga o‘sgan, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha savdo hajmi 4,6 trln. so‘mga oshgan, davlat qimmatli qog‘ozlarini so‘ndirish bo‘yicha o‘rtacha daromadlilik darajasi 5 foizga o‘sgan;
fond birjasining aksiyalar bozori «Standard» listing toifasiga kiritishda emitent tomonidan chiqaralidigan aksiyalarning erkin sotilish hajmi umumiy emissiya qilinadigan aksiyalarning sonining 5 foizidan kam bo‘lmasligi me’yoriy talabini o‘rnatish taklifi «Toshkent» Respublika fond birjasi Kuzatuv kengashining 2020 yil 9 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ««Toshkent» Respublika fond birjasi kotirovka varag‘i to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 23 avgustdagi 03/08-18/3271-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2021 yilda «Toshkent» Respublika fond birjasida «Standard» toifasidagi emitentlarning aksiyalari bilan 1119,31 mlrd so‘mlik 64 058 ta bitimlar qayd etilgan;
«Premium» listing toifasiga kirish uchun emitent tomonidan aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini emitent sof foydasining 30 foizidan kam bo‘lmasligini belgilash taklifi fond birjasi Kuzatuv kengashining 2020 yil 9 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ««Toshkent» Respublika fond birjasi kotirovka varag‘i to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 23 avgustdagi 03/08-18/3271-son ma’lumotnomasi). Natijada «Stock Market» aksiyalar bozori «Premium» toifasidagi emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan 26,05 mlrd. so‘mlik 7124 ta bitim tuzilgan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalarini xarid qilish anderrayter yoki anderrayterlar guruhi tomonidan amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6208-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 23 avgustdagi 03/08-18/3271-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, anderrayter aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganish natijalari asosida aksiyalar xaridi bo‘yicha arizalarni to‘plash uchun narx chegaralarini belgilashi va yagona narx asosida amalga oshirilish mexanizmi joriy etilgan.