Tuxtasheva Visola Farmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ferula tenuisecta seskviterpen spirtlari murakkab efirlari yig‘indisining farmakologiyasi», 14.00.17 - Farmakologiya va klinik farmakologiya. (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Far.85.
Ilmiy rahbar: Djaxangirov Farhod Nabievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent,
Yetakchi tashkilot: Toshent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ferula tenuisecta o‘simligining ildiz qismidan ajratib olingan seskviterpenli spirtlarning murakkab efirlari yig‘indisi asosida olingan ferulen substansiyasining va uning siproteron atsetat bilan kompozisiyasining androgenga bog‘liq organlarga va gipoglikemik ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ferula tenuisecta o‘simligi ildiz qismidan ajratib olingan seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari yig‘indisini tashkil etgan ferulen substansiyasining laboratoriya hayvonlari androgenga bog‘liq organlari va qon zardobida testosteron darajasini kamaytirgani aniqlangan;
ferulen substansiyasi va siproteron atsetat asosida ishlab chiqilgan yangi androfer kompozisiyasi ferulen substansiyasi va adrokur preparatiga nisbattan kam nojo‘ya ta’sirlarga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor Ferula tenuisecta o‘simligi ildiz qismidan ajratib olingan seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari yig‘indisini tashkil etgan ferulen substansiyasining estrogen faolligi aniqlangan;
ferulen substansiyasining gipoglikemik ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
Ferula tenuisecta o‘simligi ildiz qismidan ajratib olingan seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari yig‘indisini tashkil etgan ferulen substansiyasining laboratoriya hayvonlarida yallig‘lanishga qarshi ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ferula tenuisecta seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari yig‘indisini farmakologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Antiprostatik vosita»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 06882, 2022 y.). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida prostata bezi va saratoniga qarshi yangi antiprostatik kompozisiya yaratish imkonini bergan;
Ferula tenuisecta o‘simligining ildizidan ajratib olingan seskviterpen spirtlari murakkab efirlari yig‘indisidan iborat texnologik namunalarni tajriba hayvonlarida o‘tkir va surunkali zaharliligi, farmako-toksikologik xususiyatlarini aniqlash kabi umumiy va spesifik xususiyatlaridan I6-FA-T-009 raqamli «Ferulen substansiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil
24 iyundagi 4/1255-1845-son ma’lumotnomasi). Natijada, ferulen preparatining klinik sinovlariga ruxsat olish uchun normativ-texnik hujjatlarni tayyorlash imkonini bergan;
«Ferulen substansiyasi» (№DV/M/00279/09/15, 30.10.2020 y.) dori vositasi tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan ruxsat olingan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2021 yil 13 oktyabrdagi 29/04-3852-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo asosida prostata bezi adenomasi va saratonini davolash uchun dori vositani tibbiy amaliyotga joriy etish imkonini bergan.