Nuridinov Olimjon Kutbidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nanostrukturali seolitlarda keng diapazonli muvozanatlashgan bosim va haroratda H2O hamda COS adsorbsiya mexanizmlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K509.
Ilmiy rahbar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Salihanova Dilnoza Saidakbarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dastlabki va regeneratsiyalangan CaA, NaX seolitlarida suv, uglerod oksisul`fid, karbonat angidrid molekulalari adsorbsiyasini to‘liq termodinamik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izosterik usulda CaA, CaNaA, NaX seolitlarida N2O va COS adsorbsiyasining to‘liq termodinamik xususiyatlari aniqlangan;
CaA, CaNaA, NaX seolitlarida suv adsorbsiyasi issiqliklari pog‘onali ko‘rinishda bo‘lib, seolit matrisasi har bir pog‘onasining steximetrik o‘lchamlarida (N2O)n/Na+ va (N2O)n/Sa+2 shaklidagi bir va ko‘p o‘lchamli adsorbsion klasterlari hosil bo‘lishi isbotlangan;
SaA seolitida adsorbsion markaz Sa2+  kationlari ekanligi, bu holda COS molekulalari Sa2+  kationlari bilan (COS)2/Ca2+ kompleks hosil qilib, NaSaA seolitida adsorbsion markaz sifatida Sa2+ va Na+ kationlari bo‘lishi aniqlangan;
seolitlarni termik va termooksidlash regeneratsiyalari mikroto‘lqinlar ishtirokida olib borilganida jarayon energetik va vaqt jixatidan samarali bo‘lishi aniqlangan;
regeneratsiyalangan seolitlarning sorbsion xossalari dastlabki seolitlarga nisbatan 10% ga kam ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dastlabki va regeneratsiyalangan NaX va SaA seolitlarini adsorbsion xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
regeneratsiyalangan NaX seoliti yordamida neft` mahsulotlarini suv, oltintugurtli va azotli birikmalardan tozalash texnologiyasi «Chinoz NQIZ»ning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 02-18-8-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, benzin va dizel yoqilg‘ilarini suv, oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalash imkonini beradi;
regeneratsiyalangan SaA seoliti yordamida neft` mahsulotlarini oltingugurtli birikmalardan regeneratsiyalangan texnologiyasi «Chinoz NQIZ»ning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha  istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 7 sentyabrdagi 02-18-8-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, benzin va dizel yoqilg‘ilarini suv, oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish