Ro‘zmatov Qobul Mashrabboyovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hiqildoqning surunkali torayishi bo‘lgan bemorlarda davolash taktikasini takomillashtirish», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1494.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djahangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Grigor`eva Alla Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozerbaydjon davlat shifokorlarni malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish hamda jarrohlik amaliyotidan oldingi va keyingi parvarishlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hiqildoq shilliq qavatning qalinlashishi, plazmatsitar infil`tratsiyasi, hiqildoq yorig‘ining to‘liq bekilishi bilan birga tog‘ay xalqalarining ossifikatsiyasi, hiqildoq va traxeya shilliq qavatining epiteliysi tuklarining yo‘qolishi hiqildoqning surunkali chandiqli torayishining shakllanishida xavfli omil ekanligi isbotlangan;
hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi chandiq sohasida amalga oshirilgan davolash taratibi chandiqni yumshatib ballon dilyatatsiya qilishda asoratlarni kamaytirish va qayta chandiq hosil bo‘lishini oldini olish tartibi asoslangan;
hiqildoqning surunkali chandiqli torayishining ovoz boylamlari osti sohasida torayish bo‘lgan bemorlar va hiqildoqning ovoz boylamlari osti va traxeya sohasida torayish bo‘lgan bemorlarni davolashda ballon dilyatatsiyaning an’anaviy davolashga nisbatan samaradorligi isbotlangan;
hiqildoq, traxeostoma va bronxlar bakterial biotsenozlarining polimikrob tabiati, faqat ayrim dori vositalariga sezgirligi yuqori bo‘lgan patogen noklostridial anaeroblar borligi bakteriyalarning taniqli antibiotiklarga chidamliligining ortishi antibakterial terapiyaning  samarali  davolash tartibini belgilanganligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hiqildoqning surunkali torayishi tashxislangan bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolashga tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Hiqildoqning surunkali stenozi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash bochqichida va operatsiyadan keyingi davrda konservativ davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-r/20-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlash talablari natijasida chandiqni yumshatish va jarrohlik usuliga tayyorlash imkonini bergan;
hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi tashxislangan bemorlarni jarrohlik usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali hiqildoq stenozini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-r/20-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish xastalikning qaytalanishlar sonini kamaytirish imkonini bergan;
hiqildoqning surunkali torayishi tashxislangan bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 08-17620-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi xiqildoqning ovoz boylamlari sohasida torayishi hamda hiqildoqning ovoz osti va traxeya sohasidagi torayishi bo‘lgan bemorlarda ballon dilyatatsiyasi natijasida amaliyot an’anaviy jarrohlik amaliyotiga nisbatan 86% ijobiy natija berishi hamda bemorlarlarning shifoxonada davolanish 4,2±0,8 kun va to‘liq reabilitatsiya davrining davomiyligi 32,6±5,6 kun sezilarli darajada qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish