Raxmatov G‘ulomjon Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta xomashyosini infraqizil nurlanish yordamida quritadigan qurilmani yaratish va uning parametrlarini asoslash” 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.3.PhD/T279.
Ilmiy rahbar: Onarqulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Ibroxim Turgunovich texnika fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosini infraqizil nurlanishlar yordamida quritadigan qurilma yaratish va parametrlarini asoslash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxtani quritish uchun suvning yutilish chegarasida 5.25 dan 25 mkm gacha to‘lqin uzunligidagi, 10 mk.sek impul`sli infraqizil nurlanishlar chiqaradigan funksional keramika ilk marotaba qo‘llanilgan;
paxtani xomashyosini quritishda tavsiya qilingan yangi funksional keramika asosidagi infraqizil nurlanishli quritish qurilmasida bug‘ni olib ketishning ejektorli usuli va texnologiyasi mo‘ri tizimi asosida ishlab chiqilgan;
katta quyosh pechida birlamchi manbadan chiqayotgan uzluksiz energiyali nurlanishni tor spektral sohaga ega bo‘lgan kuchli impul`s asosidagi nurlanish tarqatadigan keramika qo‘llanib ilk marotaba paxtani quritishda qo‘llanilgan;
quritgich kamerasida borayotgan quritish jarayoni ko‘rsatkichlari mahsulot massasiga bog‘liqligidan kelib chiqib, turli qalinlikdagi paxta xomashyosining temperaturasi va namligi o‘zgarishining ta’sir vaqtiga bog‘lanishi asosida hisoblab aniqlangan;
paxta xomashyosining asosiy texnologik kattaliklarini dastlabki namligi va quritishning ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar analitik tahlil qilib ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta xomashyosini quritish uchun funksional keramika asosidagi IQ nurlar yordamida quritish qurilmasini ishlab chiqish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
funksional keramika asosidagi infraqizil nurlar yordamida paxta xomashyosini quritish qurilmasi  “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tasarrufiga kiruvchi “Bog‘dod paxta tozalash” AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 17 maydagi 01/22-312 – son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosiniig tarkibidagi iflosliklarning aktivlashmasligiga va tola sifatini bir sinfga oshirish imkoni yaratilgan, nuqson va iflosliklarning massaviy ulushlari hamda elektr energiya sarfi kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish