Raximov Umidjon Yunusjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uzum danagi chiqindilari asosida adsorbentlar olish va ularning kolloid-kimyoviy xossalarini o‘rganish», 02.00.11 –Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K448.
Ilmiy rahbar: Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzum danagidan moyi ajratib olingan chiqindisi asosida faollashtirilgan uglerodli adsorbentlar olish, ularda qutbli (N2O) va qutbsiz (S6N6, SO2) moddalar adsorbsiyasi asosiy termodinamik tavsiflarini aniqlash hamda meva sharbatlarini tiniqlashtirish va tozalashda qo‘llashga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dispersligi 0,1÷0,5 mmli faollashtirilgan adsorbentlarda benzol bug‘i adsorbsiyasining USOP-A-1<÷<USOP-A-6 bo‘yicha o‘sib borishining ketma-ketlik tartibi ilmiy jihatdan asoslangan; 
ilk bor USOP-A-6 adsorbentida qutbli N2O va qutbsiz SO2 molekulasi adsorbsiyasining asosiy termodinamik tavsiflari (ΔH, ΔF, ΔS) va izotermasi asosida faol markazlardagi adsorbsiyalanish qonuniyati aniqlangan; 
ilk bor USOP-A-6 adsorbentida N2O molekulasi adsorbsiyasining differensial issiqligi (Qd) natijalari asosida mikrog‘ovaklardagi faol markazlari soni 110 mkmol`/gga, makrog‘ovaklardagi faol markazlari soni esa 80 mkmol`/gga teng ekanligi aniqlandi;
USOP-A-6 adsorbentida N2O molekulasi mikrog‘ovaklardagi faol markazlarda (110 mkmol`/g ga karrali ravishda), ya’ni birinchi koordinatsion sferada korrelyasiya qonuniyati asosida 3 ta suv molekulasi, makrog‘ovaklardagi faol markazlarda esa korrelyasiya qonuniyati asosida (80 mkmol`/gga karrali ravishda) 4 ta suv molekulasi adsorbsiyalanishi aniqlandi;
ilk bor USOT-A-6 adsorbentida SO2 adsorbsiyasidan mezog‘ovak faol markazlari soni 300 mkmol`/gga teng ekanligi va bu markazda 3 ta SO2, II koordinatsion sferada esa 2mmol`/g SO2 molekulalari adsorbsiyalanishi aniqlandi;
USOP-A-6 adsorbentida SO2 adsorbsiyasidan mezog‘ovak faol markazlari soni 500 mkmol`/gga teng ekanligi va bu markaz I koordinatsion sferasida qonuniyatli asosda 3 ta SO2, II koordinatsion sferasida esa bitta SO2 molekulalari adsorbsiyalanishi, USOT-A-6 ga nisbatan 16 kJ/mol`ga yuqori issiqlik bilan adsorbsiyalanishi, ya’ni 200 mkmol`/ggako‘p miqdorda faol markazlar ochilganligi aniqlandi;
USOP-A-6 va USOT-A-6 adsorbentlarida S6N6 adsorbsiyasining BET bo‘yicha solishtirma sirt yuzasi (ΔSBET) mos ravishda 530,3 m2/g va 188,7 m2/gga teng bo‘lib, USOP-A-6 adsorbentida ΔSBET 2,81 marta yuqori ekanligi isbotlandi, hamda import Akticol FA-UF:BAU-A:Erkoban CX adsorbentlariga nisbatan (ΔSBET) mos ravishda 1,0:1,85:2,28 marta yuqori ekanligi aniqlangan;
USOP-A-6 adsorbentida metilen ko‘ki izotermasi natijalariga asosan, Lengmyur bo‘yicha sirt yuzasi (ΔSleng.) Akticol FA-UF adsorbentiga nisbatan 1,0 marta, shuningdek kongo qizil adsorbsiya izotermasi asosida mos ravishda 698,0 m2/g va 514 m2/g, ya’ni 1,36 marta yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Uzum danagi siqmasi chiqindisidan olingan uglerod asosli adsorbentni olish va uning asosiy termodinamik xarakteristikalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moyi ajratib olingan uzum siqmasi chiqindisidan olingan USOP-A adsorbentlarini ishlab chiqish texnologiyasi «Namangan sharbati» MChJ qo‘shma korxonasining “2023-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yil 25 avgustdagi 25-85/08-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, USOP-A-6 adsorbentining asosiy termodinamik tavsiflari (ΔH, ΔF, ΔS va izotermasi) asosida, ularning sirt yuzasi va adsorbsiya mexanizmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yordamida adsorbentlarni korxonalar tarmog‘ida qo‘llash imkonini beradi; 
uzum siqmasi chiqindisidan olingan uglerod asosli USOP-A tipidagi adsorbentlar yordamida sharbatlarni tozalash texnologiyasi «Yangiqo‘rg‘on Agro Invest» MChJning “2023-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yil 25 avgustdagi 25-85/08-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, sharbatlarni ruxsat etilgan me’yor darajasigacha kolloid zarralardan tozalash va tindirishda mahalliy adsorbent sifatida import o‘rnini bosuvchi adsorbentdan foydalanish tufayli milliy valyutani tejash imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish