Davronov Nurzod Ismoilovichning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qadriyatli yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1063.  
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy raxbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadriyatli yondashuv asosida  kichik yoshdagi  o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik asoslarini aniqlash va ulardan hozirgi davr ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga doir  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlar (kuch, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, kordinatsiya)ni rivojlantirishning yosh va induvidual xususiyatlari  ularning jismoniy tayyorgarlik omillari asosida va psixofiziologik hamda pedagogik shart-sharoitlari (ta’lim muhiti va tarbiya jarayoni, tamoyillar, funksiyalar) jismoniy tayyorgarlik mezonlarini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy hatti-harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, predmetli mashqlar) turlari bilan ma’naviy-axloqiy qarashlar (insoniylik, haqqoniylik, do‘stlik, samimiylik) uyg‘unligini ta’minlash orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonining tashkiliy-tarbiyaviy komponentlari mazmunan takomillashtirilgan;
“oila-mahalla-maktab-oliy o‘quv yurti” hamkorligida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, maxsus kurslar, vebinarlar va o‘quv materiallari mazmunini jismoniy va intellektual xususiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash orqali ichki va tashqi integratsiyalash asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik jarayoni takomillashtirilgan;
o‘quv-tarbiya jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarda  jismoniy sifatlarining rivojlanganlik darajalari (past, o‘rta, yuqori) hamda majmuaviy baholash mezoni (qadriyatli-ijodiy, faoliyatli-kommunikativ, motivatsion) amaliy tajriba mashg‘ulotlari asosida takomillashtirilib, qadriyatli yondashuv asosida o‘qitish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmni amalga oshirish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qadriyatli yondashuv asosida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik asoslariga doir tadqiqot ishimiz natijasi asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlar (kuch, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, kordinatsiya)ni rivojlantirishning yosh va induvidual xususiyatlari  ularning jismoniy tayyorgarlik omillari asosida va psixofiziologik hamda pedagogik shart-sharoitlari (ta’lim muhiti va tarbiya jarayoni, tamoyillar, funksiyalar) jismoniy tayyorgarlik mezonlarini aniqlashtirishga oid takliflardan Buxoro davlat universitetining OT-F1-002 – “Yoshlarda milliy g‘oya va mavkuraviy immunitetini shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihaning “Yoshlarda milliy g‘oya va mavkuraviy immunitetini shakllantirishda milliy meros va qadriyatlarning ahamiyati” bo‘limini amalga joriy etishda  foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 29 noyabrdagi 01-2896-son ma’lumotnomasi). Natijada, qadriyatli yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlarini tashxislash va korreksiyalash metodlarini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy hatti-harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, predmetli mashqlar) turlari bilan ma’naviy-axloqiy qarashlar (insoniylik, haqqoniylik, do‘stlik, samimiylik)ni hisobga olgan holda jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonining tashkiliy-tarbiyaviy komponentlarini mazmunan takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil mart aprel oylaridagi “Sport mening taqdirimda”, “Kelajak egalari” ko‘rsatuvlarining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 dekabrdagi 1/330-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya va sport hamda milliy qadriyatlarga mehr - muhabbat ruhida tarbiyalash va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan. 
“oila-mahalla-maktab-oliy o‘quv yurti” hamkorligida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, maxsus kurslar, vebinarlar va o‘quv materiallari mazmunini jismoniy va intellektual manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash orqali ichki va tashqi integratsiyalash asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik jarayonini takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlar “Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 359-070-raqamli guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  milliy qadriyatlarga nisbatan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish