Raimova Kamola Vaxobdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Urtica dioica, Srataegus rontica o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va ular asosida biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K281.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02.30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamatxanov Axmadxon Umarxonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: U.dioica i C.rontica o‘simliklarining kimyoviy tarkibini aniqlash hamda ular asosida antianemik va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
C.rontica barglaridan 12 ta polifenol ajratib olingan, ulardan ikkitasi: kofe kislotasining 2,3-digidroksiglutar kislotasi bilan murakkab efiri hamda 1-O-galloil-4-O-katexin-β-D-glyukoza C.rontica o‘simligidan ilk bor ajratib olingan;
U.dioica o‘simligi polifenollarining kimyoviy tarkibi o‘rganilgan bo‘lib, ulardan 8 ta polifenol birikmalar ajratib olingan va ularning tuzilishi aniqlangan;
U.dioica va S.pontica er usti qismidan ajratib olingan polisaxaridlarini monosaxarid tarkibi identifikatsiya qilingan va ularning tarkibi Gal:Glc:Man:Xyl:Ara:Rha kabi monosaxaridlardan iborat ekanligi isbotlangan;
farmakologik tadqiqotlar natijasida U.dioica polisaxaridlari antianemik faollikka va C.rontica polifenollari esa antioksidant faollikka ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
U.dioica, C.rontica o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va ular asosida BFQ ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antianemik va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan biologik faol qo‘shimcha uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 01752, 2021 y.). Natijada, mahalliy xomashyo asosida antianemik va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan BFQni ishlab chiqish imkonini bergan;
“Gemo KBS” BFQ uchun tashkilot standarti Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (TS 28624239-03:2022). Natijada, “I-VITA” MChJ korxonasida “Gemo KBS”ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.