Kurbanov Erkin Il`xamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Noan’anaviy xomashyo asosida sement klinkerini va uning texnologik parametrlarini ishlab chiqish», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T648.
Ilmiy rahbar: Muxamedbaeva Zamira Abduljaparovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi texnika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi 
DSc.03/30.12.2019.T.04.01 
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nig‘matulla  Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aylanma pechlarda sement klinkerini kuydirishni jadallashtirishning energiya va resurstejamkor, ilmiy asoslangan prinsiplarini rivojlantirish, an’anaviy xomashyo bazasi o‘zgarganida texnologik jarayonlarni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘yinish koeffisenti va modullarning turli ko‘rsatkichlarida bazal`t asosli xomashyo aralashmalaridan olingan klinkerlarning mikrostrukturasi va fazaviy tarkibining shakllanish qonuniyatlari asoslangan;
klinkerni kuydirishda bazal`t shishasining kal`siy-temir tarkibli avgit hosil qilib parchalanishi aniqlanib, ikki valentli temirning oksidlanishi natijasida gematit va kvarsning ajralishi isbotlangan;
portlandsementning mustahkamligi temirga boy SaO∙Al2O3∙Fe2O3 tarkibning an’anaviy SaO∙Fe2O3 tarkibga nisbatan oson gidratlanishi natijasida hosil bo‘luvchi alyumoferrit miqdorining ortishi bilan asoslangan;
aylanma pechlar qoplamasi parallel shamot va xromomagnezit issiqbardosh mahsulotlari bilan qoplanishi orqali kuydirish xududining alanga osti chegara bo‘limida termik zo‘riqishlarni 20 % gacha kamayishi, qoplama ekspluatatsion muddati 1,2 marta uzayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tarkibida bazal`t bo‘lgan aralashmalar asosida sement klinkeri olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Zebra» usulida terilgan o‘tga chidamli g‘isht qoplamali aylanma pechlarda sement klinkeri pishirish texnologiyasi «Namangansement» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 28 iyulidagi 03/06-1876-son ma’lumotnomasi). Natijada, aylanma pechlarning o‘tga chidamli g‘isht qoplamalarini ishlash muddatini 1,2 barobarga oshirish imkonini bergan;
tarkibida bazal`t bo‘lgan aralashmalar asosida sement klinkeri olish texnologiyasi «Namangansement» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 28 iyulidagi 03/06-1876-son ma’lumotnomasi). Natijada, bazal`t xomashyosini qo‘llash bilan olovbordosh kompleks qoplamalar ishlab chiqarish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish