Abdulazizova O‘g‘iloy Nuriddinxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish siyosati», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1480.
Ilmiy rahbar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqobatni tahlil qilish va moliyaviy xizmatlar bozorlarining konsentratsiyasini aniqlashning ilmiy-uslubiy tamoyillari va ularni monopoliyaga qarshi tartibga solish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy xizmatlarga tovar bozorlari sub’ektlarini tijorat maqsadlarida turli ko‘rinish va shakllarda moliyalashtirish sifatida yondashish moliyaviy xizmatlar bozorining makroiqtisodiy tahlili uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi ilmiy asoslangan;
relevant moliyaviy xizmatlar bozori chegaralarini hududiy xususiyatni istisno etgan holda sohaga xos xususiyatni hisobga olishni nazarda tutuvchi, moliyaviy xizmatlar iste’molchilari uchun sotib olish yo‘nalishlari va qulaylik prinsipiga ko‘ra belgilash taklifi asoslangan;
moliyaviy xizmatning monopol yuqori narxini aniqlashda moliyaviy xizmatga talab va taklifning umumiy hajmlari nisbatini hisobga olgan holda raqobatbardosh kredit bozoriga taqlid qiluvchi va bank kreditlari bo‘yicha muvozanatli foizlarni shakllantirish imkonini beruvchi yagona axborot platformasidan foydalanish taklifi asoslangan;
banklarning kredit bozorlarida yuqori iqtisodiy konsentratsiya va bozor hukmronligiga ega bo‘lish omillari, kreditlash bo‘yicha foiz stavkalarining asossiz yuqori bo‘lishiga olib keluvchi yuqori qayta moliyalash stavkasini belgilash amaliyotini bekor qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy xizmatlar bozorlarida raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish siyosati borasida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
moliyaviy xizmatlarga tovar bozorlari sub’ektlarini tijorat maqsadlarida turli ko‘rinish va shakllarda moliyalashtirish sifatida yondashish moliyaviy xizmatlar bozorining makroiqtisodiy tahlili uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan faoliyatning dasturiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 442/03-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida monopoliyaga qarshi tartibga solishga oid qonunosti hujjatlarining konseptual apparatini yangilash va takomillashtirish imkoni yaratilgan;
relevant moliyaviy xizmatlar bozori chegaralarini hududiy xususiyatni istisno etgan holda sohaga xos xususiyatni hisobga olishni nazarda tutuvchi, moliyaviy xizmatlar iste’molchilari uchun sotib olish yo‘nalishlari va qulaylik prinsipiga ko‘ra belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan faoliyatning dasturiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 442/03-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunosti hujjatlarini takomillashtirish loyihasida moliya xizmatlari bozori tahlilida iqtisodiyotni raqamlashtirish hisobiga bozor chegaralarini belgilash hududiy tamoyillarining chiqarib tashlanishiga imkon yaratilgan;
moliyaviy xizmatning monopol yuqori narxini aniqlashda moliyaviy xizmatga talab va taklifning umumiy hajmlari nisbatini hisobga olgan holda raqobatbardosh kredit bozoriga taqlid qiluvchi va bank kreditlari bo‘yicha muvozanatli foizlarni shakllantirish imkonini beruvchi yagona axborot platformasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan faoliyatning dasturiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 442/03-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida monopoliyaning yuqori narxlarini belgilashda o‘rtacha bozor narxini hisoblashning bozor mexanizmlaridan foydalanish va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunosti hujjatlarini takomillashtirish loyihasiga kiritish imkoni yaratilgan;
banklarning kredit bozorlarida yuqori iqtisodiy konsentratsiya va bozor hukmronligiga ega bo‘lish omillari, kreditlash bo‘yicha foiz stavkalarining asossiz yuqori bo‘lishiga olib keluvchi yuqori qayta moliyalash stavkasini belgilash amaliyotini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan faoliyatning dasturiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 442/03-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari sezilarli darajada pasaytirish imkoni yaratilgan.