Mamayusupova Dilovarxon Begmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat-xususiy sherikligi asosida turistik salohiyatni boshqarish (Farg‘ona viloyati misolida)”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2076. 
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Kurbanniyazov Shaxzodbek Karimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Norchaev Asatilla Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududning turistik salohiyatni oshirishda davlat-xususiy sherikligi mexanizmidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlardagi turistik ahamiyatdagi kichik ob’ektlarni aniqlash, ularning turistik jozibadorligini oshirish hamda yo‘nalishi jihatidan eng yaqin joylashgan yirik turistik manzil yoki obidalarning sayohat-tashrifiy dasturiga qo‘shib borish orqali hudud turistik salohiyatini oshirish taklifi asoslangan;
turistik xizmatlarni tashkil etish va boshqarishning yaxlit jarayonini funksional jihatdan mustaqil bosqichlarga ajratishga ko‘ra davlat-xususiy sheriklikni joriy etishning mantiqiy va muddat jihatidan izchilligi asoslangan; 
turistik salohiyatni davlat-xususiy sherikligi asosida boshqarish samaradorligini turizm faoliyatida qo‘llaniluvchi davlat mulki ob’ektlarini konsessiya shartnomasi bo‘yicha tijorat tuzilmalariga vaqtinchalik foydalanishga berish orqali ta’minlash asoslangan;
Respublika va Farg‘ona viloyati bo‘yicha sanator-kurort va boshqa joylashtirish vositalarining vaqtga bog‘liq trend modellari asosida turizmni rivojlanishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududda turistik salohiyatni DXSh mexanizmlari asosida oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlardagi turistik ahamiyatdagi kichik ob’ektlarni aniqlash, ularning turistik jozibadorligini oshirish hamda yo‘nalishi jihatidan eng yaqin joylashgan yirik turistik manzil yoki obidalarning sayohat-tashrifiy dasturiga qo‘shib borish orqali hudud turistik salohiyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan “Hududlarda turistik salohiyatni va undan foydalanish samaradorligini oshirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 03-17-02/1486-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida hududlarda turistik ahamiyatdagi kichik ob’ektlarni sayohat-tashrifiy dasturiga qo‘shib borish orqali hudud turistik salohiyatini oshirish imkoni yaratilgan;
turistik xizmatlarni tashkil etish va boshqarishning yaxlit jarayonini funksional jihatdan mustaqil bosqichlarga ajratishga ko‘ra davlat-xususiy sheriklikni joriy etishning mantiqiy va muddat jihatidan izchilligi hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan “Hududlarda turistik salohiyatni va undan foydalanish camaradorligini oshirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 03-17-02/1486-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida turistik xizmatlarni tashkil etish va boshqarishning turli bosqichlarida davlat-xususiy sheriklikni joriy etishning mantiqiy va muddat jihatidan izchilligini hisobga olish imkoni yaratilgan;
turistik salohiyatni davlat-xususiy sherikligi asosida boshqarish samaradorligini turizm faoliyatida qo‘llaniluvchi davlat mulki ob’ektlarini konsessiya shartnomasi bo‘yicha tijorat tuzilmalariga vaqtinchalik foydalanishga berish orqali ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan “Hududlarda turistik salohiyatni va undan foydalanish samaradorligini oshirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 03-17-02/1486-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida turizm faoliyatida qo‘llaniluvchi davlat mulki ob’ektlarini konsessiya shartnomasi bo‘yicha tijorat tuzilmalariga vaqtinchalik foydalanishga berish imkoni yaratilgan;
Respublika va Farg‘ona viloyati bo‘yicha sanator-kurort va boshqa joylashtirish vositalarining vaqtga bog‘liq trend modellari asosida ishlab chiqilgan turizmni rivojlanishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan “Hududlarda turistik salohiyatni va undan foydalanish samaradorligini oshirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi  03-17-02/1486-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish asosida hududlarda turistik sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish