Maxmudov Sobir Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyati tarixiy-madaniy turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish ”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1533.
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining tarixiy-madaniy turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha  takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-madaniy turistik salohiyat samaradorligi tarkibida tarixiy buyumlarning turistik mahsulot sifatida jalb etilishining maqsadga muvofiqligi asoslanib, tarixiy buyumlar va yalpi turizm hajmi o‘zaro nisbatiga ko‘ra yuz yilgacha bo‘lgan davrga taalluqli tarixiy buyumlar  yalpi turizm hajmining 5 foizi, undan ko‘p yillarga ko‘ra 10 foiz, tarixiy buyum noyob ahamiyatiga ko‘ra 100 foizi miqdorida belgilash bo‘yicha uslubiy yondashuv  taklif etilgan;
Samarqand viloyati, tumanlari kesimida turistik salohiyatni miqdoriy-sifat qiymatini integral baholashni “past”, “o‘rta”, yuqori” va “juda yuqori” sifat tasnifi darajasidagi uslubiy yondashuv negizida baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
turistik ob’ekt salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishning  ichki imkoniyati sifatida gid mutaxassislarini tayyorlash markazlari qoshida mahorat kursini tashkil etish hamda gid-ekskursavodlar turistik resurs salohiyatidan unumli foydalanishda malaka talablarini belgilagan holda ular tarkibiga, jumladan guruh ishini rejaga ko‘ra belgilangan ketma-ketlikda tashkil etish va guruhni boshqarish salohiyatini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tarixiy-madaniy turistik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirishda mehmonxonalar tarmog‘ini mazkur ob’ektga aylantirish mumkin bo‘lgan tarixiy ob’ektlarni jalb etish orqali kengaytirish, viloyatning shahar va tumanlari kesimida maqsadli tadbirlarni, jumladan umumjahon merosiga kiritilgan ob’ektlar doirasida mehmonxonalar qurish ishlarini eslektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berish asoslangan va mintaqada turizmni rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati tarixiy-madaniy turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
 tarixiy-madaniy turistik salohiyat samaradorligi tarkibida tarixiy buyumlarning turistik mahsulot sifatida jalb etilishining maqsadga muvofiqligi va uslubiy yondashuv Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi  Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros  vazirligining 2022 yil 19 maydagi  04-18/1771-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuvni Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatida qo‘llanilishi natijasida «O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi»da (Samarqand sh.) saqlanayotgan tarixiy buyumlarning bahosi aniqlangan;
  Samarqand viloyati, tumanlari kesimida turistik salohiyatni miqdoriy-sifat qiymati negizida integral baholashni “past”, “o‘rta”, yuqori” va “juda yuqori” sifat tasnifi darajasidagi uslubiy yondashuv Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros  vazirligining 2022 yil 19 maydagi  04-18/1771-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida tarixiy-madaniy turistik ob’ektlardan foydalanish samaradorligini aniqlashning aniqlik darajasi oshirilib, Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy turistik ob’ektlar, jumladan «Registon ansambli» bo‘yicha turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligi 2,2% (salohiyati 3,25 ball), «Ulug‘bek rasadxonasi» bo‘yicha 4,0% (1,25 ball), «Bibixonim madrasasi» bo‘yicha 37,0% (2,25 ball), «Amir Temur maqbarasi» bo‘yicha  60,0% ni (3,5 ball) tashkil etishi yuqori aniqlik darajasida aniqlangan;
turistik ob’ekt salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish  ichki imkoniyatini hamda gid-ekskursavodlar turistik resurs salohiyatidan unumli foydalanishda malaka talablarini belgilagan holda ular tarkibiga, jumladan guruh ishini rejaga ko‘ra belgilangan ketma-ketlikda tashkil etish va guruhni boshqarish salohiyatini kiritish bo‘yicha takliflar Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga bunday vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros  vazirligining 2022 yil 19 maydagi  04-18/1771-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi tarixiy-madaniy ob’ektlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan holda «Amir Temur maqbarasi» (Samarqand sh.) salohiyatini 3,5 ball, «Registon ansambli» salohiyatini 3,25 ball, «Bibixonim madrasasi» salohiyatini 2,25 ball, «Ulug‘bek rasadxonasi» salohiyatini 1,25 ball darajasida shakllanishiga muayyan hissa qo‘shgan;
tarixiy-madaniy turistik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirishda mehmonxonalar tarmog‘ini mazkur ob’ektga aylantirish mumkin bo‘lgan tarixiy ob’ektlarni jalb etish orqali kengaytirish, viloyatning shahar va tumanlari kesimida maqsadli tadbirlarni, jumladan umumjahon merosiga kiritilgan ob’ektlar doirasida mehmonxonalar qurish ishlarini eslektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berish, tarixiy-madaniy turistik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi  Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ITIning 2022 yil 10-maydagi Ich-15-son buyrug‘i bilan (vazirlikning 2022 yil 21 iyuldagi 04-18/3582-son xati bilan institutga vakolat berilgani to‘g‘risidagi ma’lumoti) amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros  vazirligining 2022 yil 19 maydagi 04-18/1771-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehmonxonalar tizimini takomillashtirish asosida mehmonxona o‘rinlari sonini ko‘paytirish, turistlarga qulayliklar yaratish orqali xizmatlar sifatini oshirish hamda turistik oqimni ko‘paytirish asosida tarixiy-madaniy turistik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirishga  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish