Yusupova Feruza Yo‘ldoshevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lizing munosabatlarini rivojlantirishda marketing strategiyalari”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2390.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Murat Akramovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farxod Ozodovich, iqticodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lizing munosabatlarini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lizing munosabatlarini rivojlantirishda sodiqlik (SAT), ishonchlilik (TRUST) omillari va raqamli marketing kanallari bo‘lgan ijtimoiy media (SM) asosida lizing bozorida o‘zaro munosabatlar marketingini tarkibiy tuzilmasi taklif qilingan; 
lizing munosabatlarini rivojlantirishda lizing ob’ektini ijara.soliq.uz platformasida aks ettirish orqali uni uchinchi shaxsga berishni nazarda tutuvchi sublizingga berish amaliyoti taklif etilgan;
lizing xizmatlari bozorida marketing samaradorligini ifodalovchi (SEO) qidiruv tizimi asosida bozor segmenti chegaralarini kengaytirish strategiyasini amalga oshiruvchi sxemasi taklif qilingan; 
lizing munosabatlarini rivojlantirishning ko‘p omilli ekonometrik modellari va ARIMA modeliga ko‘ra rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Lizing munosabatlarini rivojlantirishda marketing strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:  
lizing munosabatlarini rivojlantirishda sodiqlik (SAT), ishonchlilik (TRUST) omillari va raqamli marketing kanallari bo‘lgan ijtimoiy media (SM) asosida lizing bozorida o‘zaro munosabatlar marketingini tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 11 martdagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-12-0-Q/22 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston lizing uyushmasining 2022 yil 14 iyuldagi UL/1273-son ma’lumotnomasi). Natijada lizing munosabatlarida ishtirok qiluvchi tomonlar egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish imkoni yaratilgan; 
lizing munosabatlarini rivojlantirishda lizing ob’ektini ijara.soliq.uz platformasida aks ettirish orqali uni uchinchi shaxsga berishni nazarda tutuvchi sublizingga berish amaliyoti bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 11 martdagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-12-0-Q/22 sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston lizing uyushmasining 2022 yil 14 iyuldagi  UL/1273-son ma’lumotnomasi). Bu taklifni amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida lizing xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish yo‘llari aniqlab berilgan; 
lizing xizmatlari bozorida marketing samaradorligini ifodalovchi (SEO) qidiruv tizimi asosida bozor segmenti chegaralarini kengaytirish strategiyasini amalga oshiruvchi sxemasi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 11 martdagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-12-0-Q/22 son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston lizing uyushmasining 2022 yil 14 iyuldagi  UL/1273-son ma’lumotnomasi). Natijada lizing munosabatlarini rivojlantirishda lizing ishtirokchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, potensial lizing oluvchilarni aniqlash, veb-sayt yaratish bo‘yicha aniq takliflar berilgan; 
Lizing munosabatlarini rivojlantirishning ko‘p omilli ekonometrik modellari va ARIMA modeli yordamida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi 2022-2026 yillarga mo‘jallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Xorazm viloyati hokimining 2022 yil 11 martdagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-12-0-Q/22 son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston lizing uyushmasining 2022 yil 14 iyuldagi  UL/1273-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida lizing munosabatlari samardorligini 4,5 foizga oshirish imnoniyatini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish