Sattorova Fazilat Ermamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1823.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Maqsudova Gulnoza Olimjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarining kommunikativ kompetensiyasi muloqotning shaxsga yo‘naltirilgan rolli va rivojlantiruvchi kognitiv xususiyatlari, usullari hamda interfaol til semantikasi bilan mantiqiy bog‘liq darslar va nutqning estetik sifati mujassamlashgan innovatsion texnologiyalarni o‘zaro idientiv tranformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
nutq faoliyati turlaridan gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga oid mashqlar taqqoslashga doir mantiqiy xarakterdagi topshiriqlar kredit-modul tizimida o‘qitish mezonlariga ustuvorlik berish hamda muloqot uchun maqbul muhitni maqsadli ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikalari verbal muloqot, muhokama, rolli o‘yinlar, interv`yu, rasmlarni tasvirlash, video materiallarini tomosha qilish, mutola harakatiga hamda ijodiy didaktik topshiriqlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan jarayonlarga ta’sir imkoniyatlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining nutq madaniyati, til qoidalarini o‘shlashtirish, yozma fikrlarni tuzish, muloqotning monologik va dialogik shakllarda ifodalash hamda suhbatdoshiga moslashib olishning individualligi stilistik ko‘nikmalarni shakllantirish omillari moslashish va individuallashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy muloqot kompetensiyasini lingvomadaniyatshunoslik yondashuvi asosida rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari:
nutq faoliyati turlaridan gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga oid mashqlar reseptiv, reproduktiv va produktiv turlarga ajratish, taqqoslashga oid topshiriqlar, voqealarni xronologik ta’riflash hamda mashqlarni ixtisoslikka moslashib olishning invidualligini e’tiborga olgan topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 sentyabrdagi 02-072837/04-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘rganishdagi kommunikativ kompetentligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni yaratilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyasi muloqotning shaxsga yo‘naltirilgan rolli va rivojlantiruvchi kognitiv xususiyatlari, usullari hamda interfaol til semantikasi bilan mantiqiy bog‘liq darslar va nutqning estetik sifati mujassamlashgan innovatsion texnologiyalarni o‘zaro tranformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 sentyabrdagi 02-072837/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tili mashg‘ulotlarida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharot yaratilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari verbal muloqat, muhokama, rolli o‘yinlar, interv`yu, rasmlarni tasvirlash, video materiallarini tomosha qilish, mutoala harakatiga hamda ijodiy didaktik topshiriqlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan jarayonlarga ta’sir imkoniyatlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 sentyabrdagi 02-072837/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining kommunikativ kompetensiyasini interfaol texnologiyalar vositasida takomillashtirishga sharot yaratilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining nutq madaniyati, til qoidalarini o‘shlashtirish, yozma fikrlarni tuzish, muloqotning monologik va dialogik shakllarda ifodalash hamda suhbatdoshiga moslashib olishning individualligi stilistik ko‘nikmalarni shakllantirish omillari moslashish va individuallashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 sentyabrdagi 02-072837/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining ingliz tili mashg‘ulotlarida nutq faoliyatini amaliy mashq va topshiriqlar vositasida takomillashtirishga imkon berilgan.