Kadirova Nilufar Mirzaakbarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida o‘quvchilarda kreativ yondashuvni rivojlantirish” (loyihalash va tayyorlash mashg‘ulotlari misolida), 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Red3556.
Ilmiy rahbar: Karimov Ismoiljon, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Muxayyo Lutfullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida 5-7-sinf o‘quvchilarida kreativ yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirish va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning kreativ yondashuvini rivojlantirishda mahsulotlarni loyihalash va tayyorlash mashg‘ulotlari mazmunining didaktik parametrlari o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tartiblangan tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
servis xizmati yo‘nalishi darslarida o‘quvchilarga loyihalash elementlarini o‘rgatishda ularning kreativ yondashuvlarini rivojlantirishning algoritmik bosqichlari klasterli (tahlil qilish, loyihalash, reja tuzish va ishlov berish) va kompetensiyaviy (tashabbuskorlik, ishbilarmonlik) hamda funksional aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda mahsulotlarni tayyorlash mashg‘ulotlarida faolligini oshirishda kreativ yondashuvni rivojlantirish tizimi samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini aniqlash, ularni o‘quvchilar faoliyatiga doir komponentlariga gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra optimallashtirilgan;
kreativ yondashuvning maqsadli, mazmunli, faoliyatli va refleksiv komponentlari individual yondashuvning barqarorligini empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida o‘quvchilarda kreativ yondashuvni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
mahsulotlarni loyihalash va tayyorlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kreativ yondashuv komponentlari  individual yondashuvning barqarorligini empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan o‘quvchilarga gazlamalardan mahsulotlarni loyihalash elementlari  va ularning kreativ yondashuvini tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 iyundagi 01/11-01/11-917-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kreativ yondashuvi asosida o‘quvchilarda mahsulotlarni loyihalash va tayyorlash jarayonlarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning kreativ yondashuvini rivojlantirishda mahsulotlarni loyihalash va tayyorlash mashg‘ulotlari mazmunining didaktik parametrlari o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish asnosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tartiblangan tizimini ishlab chiqilgan va servis xizmati yo‘nalishi darslarida o‘quvchilarga loyihalash elementlarini o‘rgatishda ularning kreativ yondashuvlarini rivojlantirishning algoritmik bosqichlari klasterli, kompetensiyaviy hamda funksional aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “O‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida mahsulotlarni loyihalash va tayyorlashga o‘rgatish texnologiyasi” mavzusidagi dasturiy ta’minot yaratilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 iyundagi 01/11-01/11-917-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning mahsulotlarni loyihalash va tayyorlash mashg‘ulotlari mazmunining didaktik parametrlari o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtiridgan va o‘quvchilarga loyihalash elementlarini o‘rgatishning algoritmik bosqichlari takomillashtirilgan.
o‘quvchilarda mahsulotlarni tayyorlash mashg‘ulotlarida faolligini oshirishda kreativ yondashuvni rivojlantirish tizimi samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini aniqlash, ularni o‘quvchilar faoliyatiga doir komponentlariga gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari hamda izchillik tamoyillariga ko‘ra optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Jizzax davlat pedagogika institutida bajarilgan ITD – 4 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun texnologiya ta’limini barcha yo‘nalishlariga oid Davlat ta’lim standartlari asosida milliylik bilan sug‘orilgan o‘quv darsliklari tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2022 yil 22 avgustdagi 04-763-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda kreativ yondashuvni rivojlantirish tizimi samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish