Tursunxo‘jaev Sardor Jamoliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (Ph.D) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.11 – «Marketing» va 08.00.03 - «Sanoat iqtisodiyoti».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Iqt2275.
Ilmiy rahbarlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ibodilla Sagdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda marketing vositalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqobat sharoitida elektrotexnika sanoati korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ichki audit va komplaens xizmati asosida iqtisodiy xavfsizlik bo‘limini tashkil etish taklifi asoslangan;
elektrotexnika sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi diapazonini eng past daraja (-1 gacha), past daraja (- 1 dan 0 gacha), o‘rta daraja (0 dan 0,9 gacha), yuqori daraja (0,91 dan yuqori) chegaralarida baholash taklif etilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalari faoliyati marketing tadqiqotlari tarkibiga iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha axborot-tahlil monitoring tizimlarini integratsiyalash orqali korxonalar iqtisodiy barqarorligi darajasini oshirish imkoniyati asoslangan;
«O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Foton» AJ va «Zenit electronics» MChJ larning 2030 yilgacha iqtisodiy xavfsizligi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqobat sharoitida elektrotexnika sanoati korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ichki audit va komplaens xizmati asosida iqtisodiy xavfsizlik bo‘limini tashkil etish taklifi  «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturlariga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 iyuldagi 04-3/1659-son ma’lumotnomasi). Natijada «Foton» AJ va «Zenit electronics» MChJlarda mazkur bo‘lim xizmatini yo‘lga qo‘yish orqali strategik va taktik davrlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi diapazonini eng past daraja (-1 gacha), past daraja (- 1 dan 0 gacha), o‘rta daraja (0 dan 0,9 gacha), yuqori daraja (0,91 dan yuqori) chegaralarida baholash taklifi «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturlariga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 iyuldagi 04-3/1659-son ma’lumotnomasi). Natijada «Foton» AJ va «Zenit electronics» MChJ korxonalarida iqtisodiy xavfsizlik darajasi baholanib, iqtisodiy xavfsizlikka xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlangan, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
elektrotexnika sanoati korxonalari faoliyati marketing tadqiqotlari tarkibiga iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha axborot-tahlil monitoring tizimlarini integratsiyalash orqali korxonalar iqtisodiy barqarorligi darajasini oshirish taklifi «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda    rivojlantirish dasturlariga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 iyuldagi 04-3/1659-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida «Foton» AJ va  «Zenit electronics» MChJlarda debitorlik va xarajatlarni optimallashtirish asosida kreditorlik qarzlarini 37 foizga kamaytirish, xarajatlarni 13,5 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi «Foton» AJ va «Zenit electronics» MChJlarning 2030 yilgacha iqtisodiy xavfsizligi prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturlariga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2022 yil 18 iyuldagi 04-3/1659-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarni rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish