Xaydarov Adxam Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mashinada terilgan paxta xom ashyosini yirik iflosliklardan tozalagichini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.PhD/T.2705.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Suraevmonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor, Shuxratov Sharof Shuxratovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlikinstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Paxta xomashyosining tozalashni jadallashtirish usulini ishlab chiqish va uni amalga oshirish imkonini beradigan texnologik mashinani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xom ashyosini yirik iflosliklardan tozalash samarasini oshirish uchun paxtani arrali barabanlarga taqsimlovchi kameraga va kolosnikli panjara asosida takomillashtirilgan paxta tozalagich ishlab chiqilgan;
ilashtiruvchi kolosnik va qoziqli baraban kojuxi orasidagi tirqishdan o‘tadigan paxta oqimining tezligi, uning paxta oqimiga qoziqchalar ta’sirida hosil bo‘ladigan tashqi kuchlar bosim kuchini, urinma yo‘nalishi bo‘yicha paxta bo‘lakchasiga ta’sir qiluvchi og‘irlik kuchini xisobga olib, paxta bo‘lakchasini kontur bo‘ylab harakatining differensial tenglamalari ishlab chiqilgan;
paxta tozalash uskunasi qoziqchali baraban qoziqchasi uzunligi, qoziqchali barabanning burchak tezliklarini ish unumdorligiga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan va ilashtiruvchi kolosniklar bilan arrali baraban orasidagi masofadan o‘tuvchi paxta miqdorining burchak tezligining o‘zgarishi vaqtga bog‘liqlik ifodalari olingan;
nazariy va amaliy ilmiy-tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyasining asosiy parametrlaridan uzun qoziqli baraban kojuxi bilan kolosnik oraliq masofasi, silindrning aylanish tezligi va ish unumdorlik kabi ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli tajriba natijalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan: Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi “FERGANA SPINNING” MChJ. KK klasteriga qarashli paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“Paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 1 avgustdagi № 02/22-451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan paxta tozalagichining yuqori va past navli paxta xomashyosini tozalashda tozalash samaradorligini oshishi PT-10 tozalagichining mavjud konstruksiyasiga nisbatan 8,8-9,2 % ga yuqori. Paxta xomashyosini tozalash samaradorligining oshishi sababli undan olinadigan tola mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari 0,2% abs ga yaxshilangan.