Xoliqov Abror Tojimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida bahorgi muddatda ekilgan soyaning maqbul ekish tizimlarini ishlab chiqish. (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.01−Umumiy dexqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx492.
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Baxtiyor Saloxiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Djo‘raev Muqumjon Yakubjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida bahorgi muddatda ekilgan soyaning “Toshkent” hamda “Selekta-302” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish tizimlari va ko‘chat qalinligini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soyaning “Toshkent” hamda “Selekta-302” navlarini 60 sm qator oralig‘ida 60x10x2 ekish tizimida ko‘chat qalinligi 332 ming tup/ga, 70 sm qator oralig‘ida 70x10x2 ekish tizimida ko‘chat qalinligi 286 ming tup/ga me’yorda parvarishlashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan:
soyani “Toshkent” navi bahorgi muddatda 60x10x2 tizimda ko‘chat qalinligi gektariga 332 ming tup hisobida ekilganda tuproqning hajm massasi amal davri oxirida haydov (0-30 sm) qatlamida 0,002-0,012 g/sm3, soyani “Selekta-302” navida 0,005-0,015 g/sm3 yaxshilangani aniqlangan;
soyani “Toshkent” navi 70x10x2 tizimda parvarishlanganda amal davri oxiriga kelib, amal davri boshiga nisbatan tuproqning suv o‘tkazuvchanligi 158 m3/ga, “Selekta-302” navida 104 m3/ga kamaygani va tuproqning suv fizik hususiyatlariga ijobiy ta`sir qilganligi aniqlangan;
soyani “Toshkent” navi 70x10x2 tizimda ekilib, gektariga 286 ming tup ko‘chat qalinligida parvarishlanganda o‘simlikning bo‘yi 109,0 sm, dukkaklar soni 47,6 dona, “Selekta-302” navi 60x10x2 tizimda gektariga 332 ming tup ko‘chat qalinligida etishtirilganda o‘simlikning bo‘yi 82,0 sm, dukkaklar soni 35,0 donani tashkil etganligi aniqlangan;
soyani “Toshkent” navi 70x10x2 hamda “Selekta-302” navi 60x10x2 tizimda ekilganda, tuproqning mikrobiologik xossalariga o‘ziga xos ta`sir ko‘rsatib, amal davri boshida 0-30 sm qatlamda fosfor parchalovchi bakteriyalar aniqlanmagan bo‘lsa, amal davri ohirida fosfor parchalovchi bakteriyalar soni 7,5x105 koe/g ni tashkil etgan va tuproq mikroflorasi yaxshilanishi aniqlangan;
soyani “Toshkent” navi 70x10x2 tizimda ekilib, 286 ming tup/ga ko‘chat qalinligida etishtirilganda don hosili 34,2 s/ga, oqsil miqdori 39,4 %, moydorligi 22,3 %, “Selekta-302” navi 60x10x2 ekish tizimida 332 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlashganda don hosili 29,8 s/ga, 1000 dona don vazni 137,5 g, oqsil miqdori 38,5 %, moydorligi 21 % ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Toshkent” va “Selekta-302” navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul ekish tizimlari va ko‘chat qalinligini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida:
asosiy ekin sifatida ekilgan soyadan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha “Toshkent viloyati sharoitida bahorgi soya ekish tizimlarini bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 23-fevral № 02/27-04/671-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va mutaxassislar uchun soya etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
asosiy ekin sifatida 60x10x2 ekish tizimida soyani “Selekta-302” hamda “Toshkent” navlarini ko‘chat qalinligini gektariga 332 ming tup qoldirib parvarishlash bo‘yicha Toshkent viloyatining Piskent tumanida 38 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 fevraldagi №02/27-04/671-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyaning “Selekta-302” navidan 28,4 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 43,7% ga, “Toshkent” navidan esa 29,6 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 45,7% ga teng bo‘lgan
asosiy ekin sifatida 70x10x2 ekish tizimida “Selekta-302” hamda “Toshkent” navlarini gektariga 286 ming tup ko‘chat qoldirib parvarishlash agrotexnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha Qibray tumanida 20,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 fevraldagi №02/27-04/671-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyani “Selekta-302” navidan 26,3 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 39,7 % ni, “Toshkent” navidan esa 30,7 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 48,3 % ga teng bo‘lgan.