Nishanov Sarvar Yuldiboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yolg‘onni identifikatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P336.
Ilmiy rahbar: Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Qudratullaeva Ruxsora Baxtiyorovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yolg‘onni identifikatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish hamda uni aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yolg‘on va aldovni tasniflash bo‘yicha mavjud tizimlar identifikatsiya mexanizmi (yolg‘onni payqash, fahmlash) ni markazga qo‘yish tamoyili negizida transformatsiyalanishi (yangicha ko‘rinishlarda, nisbatlarda ifodalanishi) mumkinligi aniqlangan;
talabalarda yolg‘onning psixologik determinantlarini aniqlashda «siqib chiqarish», «ratsionalizatsiya» psixologik himoya mexanizmlariga ustuvorlik berish asosida xatti-harakatlardagi o‘zgarishlarni yuz ifodasida noverbal, mimika, pantomimikada aks etishini idrok etishning ijtimoiy-psixologik jihatlari «Rostni va yolg‘onni identifikatsiya qilish» mualliflik metodikasidan foydalanish samarali ekanligi asoslangan;
talabalarning o‘qish va do‘stona sohada oilaviy munosabatlarga nisbatan yolg‘ondan foydalanishida emotsiyalar orasidagi bog‘lanishlarga muvofiq aldovni identifikatsiya etishda kauzal atribusiyaga ustuvorlik berishi asosida «yolg‘on sukut», «axloqiy yolg‘on», «ezgu yolg‘on» turlarini ko‘proq ishlatishi aniqlangan; 
talabalarda yolg‘onni identifikatsiya qilish xususiyatini rivojlantirish uchun kognitiv, hissiy, konativ jihatdan emotsiyalarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan «Yolg‘on: payqash, tushunish, munosabat bildirish» mualliflik mashg‘ulotlari majmuini kiritish samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yolg‘onni identifikatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
yolg‘on va aldovni tasniflash bo‘yicha mavjud tizimlar identifikatsiya mexanizmini markazga qo‘yish tamoyili negizida transformatsiyalanishi  mumkinligi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-01-a-son buyrug‘iga asosan «Yuridik  psixologiya» o‘quv moduliga (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 apreldagi PM-01-a-son ma’lumotnomasi) hamda «Mehnat va muhandislik psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil  19 iyuldagi 233-son buyrug‘i) mazmuniga singdirilgan. Natijada bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning ilmiy-nazariy tayyorligini sifat jihatdan oshirishga, yolg‘onni identifikatsiyalash, rostni farqlash, shaxs emotsiyalarini o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan uslubiy ma’lumotlar bilan boyitishga erishilgan;
talabalarda yolg‘onning psixologik determinantlarini aniqlashda «siqib chiqarish», «ratsionalizatsiya» psixologik himoya mexanizmlariga ustuvorlik berish asosida xatti-harakatlardagi o‘zgarishlarni yuz ifodasida noverbal, mimika, pantomimikada aks etishini idrok etishning ijtimoiy-psixologik jihatlari «Rostni va yolg‘onni identifikatsiya qilish» mualliflik metodikasidan foydalanish samarali ekanligi asoslangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-01-a-sonli buyrug‘iga asosan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 apreldagi PM-01-a-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning talabalar bilan ishlashda rost va yolg‘onni o‘zaro farqlash hamda yolg‘ondan foydalanishda kauzal atribusiyaning o‘ziga xos o‘rni haqidagi amaliy-uslubiy bilimlari takomillashtirilgan;
talabalarning o‘qish va do‘stona sohada oilaviy munosabatlarga nisbatan yolg‘ondan foydalanishida emotsiyalar orasidagi bog‘lanishlarga muvofiq aldovni identifikatsiya etishda kauzal atribusiyaga ustuvorlik berishi asosida «yolg‘on sukut», «axloqiy yolg‘on», «ezgu yolg‘on» turlarini ko‘proq ishlatishi haqidagi  ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-01-a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmunini takomillashtirish uchun qo‘llangan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 apreldagi PM-01-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog mutaxassislarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan; 
talabalarda yolg‘onni identifikatsiya qilish xususiyatini rivojlantirish uchun kognitiv, hissiy, konativ jihatdan emotsiyalarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan «Yolg‘on: payqash, tushunish, munosabat bildirish» mualliflik mashg‘ulotlari majmuini kiritish samarali ekanligi haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-01-a-son buyrug‘iga asosan «Psixologik maslahat», «Psixokorreksiya» modullari tarkibiga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 apreldagi PM-01-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning shaxs psixologik etukligini faol oshirish borasidagi ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish